II. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar. Didaktikada munozaralarga sabab bo‘layotgan yana bir muhim ob’yekt ta’lim metodlarining tasnifidir. “Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo‘yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o‘nlab ta’lim metodlari ma’lum”, - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, - “Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g‘oya yagona va o‘zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O‘qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo‘shqin bo‘lishi, metodlarni qo‘llash amaliyotidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak”.
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta’lim metodlarini quyidagi uch guruhga ajratish mumkin (1-jadval).
O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.
O‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va motivlash metodlari.
Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari.
O‘z navbatida har bir guruh kichik guruhlarga ajratiladi (4-jadval):
4-jadval. Ta’lim metodlarining umumiy tasnifi
I. O‘qish va mehnatga rag‘batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari
O‘qish va mehnatning muhimligiga ishontirish;
talablarni ifodalash;
talablarni bajarish uchun mashq; o‘qishdagi rag‘bat;
o‘qishdagi kamchilik uchun tanbeh
G‘oliblarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish;
o‘quvchilarning ishlab chiqarish vositalarini mustaqil boshqarishga intilishlarini rag‘batlantirish;
ish joyidagi xulqini rag‘batlantirish