III. Ta’lim metodlarining mohiyati. Qayd etib o‘tilganidek, ta’lim metodlari tizimida og‘zaki bayon qilish metodlari muhim o‘rin tutadi
Og‘zaki mashqlardan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Shuningdek, og‘zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Hikoya– o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi
Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishizarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi. Hikoya qisqa (5-10 daqiqa), shu bilan birga o‘quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni uyg‘otishi kerak. Bu holat hikoyani boshqa ta’lim metodlari (xususan, namoyish yoki muammoli bayon etish va hokazolar) bilan birga solishtirganda ro‘y berishi mumkin.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi
Suhbat metodi fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladi. Suhbatning induktiv
shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Mazmuniga ko’ra suhbat turli ko‘rinishlarda tashkil etiladi. Ya’ni (6-rasm):
Kirish suhbatio‘quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad hal etilishi zarur bo‘lgan ishlar mohiyatining o‘quvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko‘rishdan iborat. Bunday suhbatlar o‘quvchilarning o‘quv salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish hamda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |