8-Mavzu: Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati.
Mavzu rejasi:
1. “Ta’lim metodlari” va “ta’lim usullari” tushunchalarining mohiyati.
2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
3.Ta’lim metodlarining mohiyati.
4. Ta’lim metodlarini tanlash shartlari.
5.Ta’limjarayonida metodlardan foydalanishning zarurati.
Tayanch tushunchalar: ta’lim, metod, ta’lim metodi, usul, ta’lim usuli, vosita, ta’lim vositalari, zamonaviy didaktika, tadqiqot, mohiyat, uzluksiz ta’lim, muloqot,metodlarning tasnifi.
I. “Ta’lim metodlari” va “ta’lim usullari” tushunchalarining mohiyati.“Metod” so‘zining yunoncha tarjimasi “tadqiqot”, “usul”, “maqsadga erishish yo‘li” kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda “maqsadga erishish usullari” deya sharhlangan.
Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi.
Ayni vaqtda pedagogik manbalarda “ta’lim metodi” tushunchasiga berilgan
ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin (1-rasm)
Aksariyat mualliflar “ta’lim metodlari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. Demak:
Ta’lim metodlarita’lim maqsadlariga erishish uchun qo‘llaniladigan yo’l va usullar majmui
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettirilai.
T a’lim metodlari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi (2-rasm):
Bu funktsiyalar ta’lim metodini qo‘llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o‘zaro singib ketadi. Misol uchun, tashxisli funktsiya o‘qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi.
“Ta’lim metodi” atamasi bilan birga ko‘p hollarda “ta’lim usullari” (sinonimlari – pedagogik usullar, didaktik usullar) tushunchasi ham qo‘llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq, o‘qituvchi faoliyatida tez-tez qo‘llaniladigan usullarni ajratib ko‘rsatish mumkin (3-rasm)
Dostları ilə paylaş: |