Ўқув машғулотида таълим технологияси модели


Yo’riqli Tehnologik xarita



Yüklə 37,99 Mb.
səhifə22/83
tarix02.10.2023
ölçüsü37,99 Mb.
#151598
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
OSHPAZLIK TAOMLARINI TAYYORLASH Amaiyot

Yo’riqli Tehnologik xarita
Kasb kodi va nomi - 3.81.03.02 Oshpaz qandolatchi
O’quv amaliyoti nomi- Parranda go’shtidan taom tayyorlash.
Maqsad: Parranda go’shtidan taomlarni tayyorlash ko’nikmalarini shakllantrish



Bajariladigan ishlar mazmuni

Moslamalar asbob anjom va xom ashyolar

Eskizlar chizmalar
va rasmlar

Bajariladigan ishlar tartibi

1

1.Mahsulotlar sifati va sonini tekshirish. 2.Asbobuskunalarni yaroqliligini tekshirish.

Pichoq, taxtakach, maxsus
tozaligich, tog‘aracha,
tog‘ara, oqar suv. Gaz plitasi








1.Asbobuskunalarni yaroqligini tekshirish.
2 Baliq yuviladi

2

1 parranda go’shtidan kotlet

2 Kerakli maxsulotlar






Taom tayyorlash texnologiya


Tovuq tovuq go’shti tayyorlanadi
Non ivitilib so’ngra suvida silgitiladi

3

1 Yarim tayyor maxsulotlar

Kosa lagan



1.Tovuq go’shti qaynatiladi.
2.gurunch qaynatib olinadi



4

Qaynatib sovutilgan parranda go’shtini suzish va dasturxonga tortish.

ezgich





Pishgan tovuq go’shti qiymalanadi va likobga suzilib bezatilib dasturxonga tortiladi.

5

Guruch qaynatiladi

Pichoq taxtakach



Qaynatilgan go’shtga guruch solinadi

6

Maxsulotlar jamlandi

Lagan\





Tayyor ralashmga tuz va ziravorlar solinib

7

Tayyor ralashmaga piyoz solinadi

Qozon



Piyoz va ko’katlar qo’shilib kotlet shaklida qovuriladi.

Mavzu: Parranda go’shtli taomlar tayyorlash tehnologiyasi
Reja:

  1. Parranda go’shlariga dastlabki ishlov berish

  2. Parranda go’shtlariga pazadachilik ishlov berish

  3. Toblab pishirilgan tovuq

Parranda go‘shtlariga dastlabki pazandalik ishlov berish. Parranda go‘shti turlari. Yovvoyi qushlar go‘shti. Parranda go‘shtining ozuqaviy qiymati. Parranda go‘shtlariga dastlabki pazandalik ishlov berish. Parranda go‘shtidan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash texnologiyasi. Parranda go‘shtidan qovurib va qaynatib tayyorlanadigan taomlar. Parranda go‘shtidan tayyorlanadigan taomlar. Parranda go‘shtidan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar.
qizargunicha pishiriladi. Bu kotletlarni garnirlar - pishgan guruch, makaron yoki kartoshka pyure bilan tanovil qilish mumkin. Ziravorlar o‘rniga tayyor Rollton kukunidan solinsa, yanada mazaliroq bo‘ladi.
Guruchli tovuq sho‘rva
Kerakli masalliqlar: 1. Butun tovuq - 1 dona
2. Guruch - 0,5 kg.
3. Piyoz - 1 dona
4. Sarimsoq piyoz - 3-4 bo‘lakcha
5. Ko‘katlar
6. Ziravorlar
Tayyorlanishi:
Tovuq go‘shti qozonga solinib qaynatiladi. Qaynab chiqqanidan so‘ng ko‘pigi olinadi. Olov osh damlanadigan pastlikda pasaytirilib, qozon qopqog‘i yopiladi. Va shu holatda 3 soat qaynaydi.
Guruch pishiriladigan qozon (kashavarka)da pishirib olinadi.
Ziravorlardan yanchilgan kashnich urug‘i, yanchilgan qizil qalampir, tuz, xitoy tuzi, kunjut.
Tanovul qilish qoidasi:
Dasturxonga barcha ko‘katlar, ziravorlar, guruch qo‘yiladi. Kosaga ma’lum miqdorda tovuq go‘shti va sho‘rva solinadi. Tanovul qilishdan oldin, ko‘kat va ziravorlar ta’bingizga qarab solinadi.
Qaynatilgan va dimlangan parranda go‘shtli taomlar
Dorivorlangan parranda go‘shtiga issiq suv qo‘yiladi. (1 kg uchun 2-2,5 l suv) va qaynaguncha qizdiriladi. So‘ng ko‘pigi olinadi. Maydalangan piyoz va ildizlar solinib, past olovda yoki past haroratda (900S atrofida) qaynatish davom etiladi. Qaynatish vaqti parrandaning ko‘rinishi va uning yoshiga bog‘liq. Jo‘janing tayyor bo‘lishi 20-30 minut, yosh tovuq 50-60 minut, katta yoshdagilari 2-3 soat.
G‘oz, o‘rdak, kurkalar 1 soatdan 2 soatgacha qaynatiladi. Parrandani qaynatishda yo‘qotish massasi 25-28 %ni tashkil etadi. Tayyor bo‘lgan parranda go‘shti suyuqlikdan olinib, sovutiladi va bo‘laklarga bo‘linadi. Portsiyalarga bo‘lingan parranda issiq sho‘rva qo‘yib, og‘zi yopiq idishda saqlanadi. Uzatishda qaynatilgan parrandaga qayla qo‘shiladi, yog‘, sardak sho‘rva qo‘yiladi. Qaylasiga qaynatilgan yoki dimlangan gurunch, kartoshka pyuresi sut sardakli kartoshka, ko‘k no‘xat beriladi.
Jo‘ja, tovuq filesi va kotlet massasi dimlab pishiriladi. Dimlab pishirish uchun tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar idishga teriladi, ustiga sho‘rva yoki suv qo‘yiladi, xushbo‘y sabzavot, tuz aralashtirilib qopqog‘i yopilib dimlanadi. Mazasi yaxshilanishi uchun unga quruq vino qo‘shish mumkin. Tovuq filesining oq rangini saqlash uchun unga limon sharbati sepiladi. Fileni pishirishda olingan sho‘rva esa sardak tayyorlash uchun ishlatiladi.
Uzatishda parranda qaynatilgan yoki dimlangan gurunch, qaynatilgan kartoshka yoki sabzavot qabi qaylalar bilan beriladi. Ba’zi taomlarga qaynatilgan qo‘ziqorin aralashtiriladi. Sardak sifatida bug‘langan, tuxumli oq sardak, qizil estragonli sardak ishlatiladi. Tovuq va boshqa parranda laxm go‘shtidan tayyorlangan kotletlar isitilgan non bo‘lagi ustiga qo‘yilib, ustiga kesilgan qo‘ziqorin terilib uzatiladi. Laxm go‘shtdan kotlet massalarini dimlashda og‘irligini yo‘qotish 12 %, butun jo‘ja go‘shida 27 % ni tashkil qiladi.
Sixda pishirilgan tovuq
Xushbo‘y qalampir, dolchin, zanjabil tovuqning ta’mini oshiradi va shu bilan birgalikda organizmdagi almashish jarayonini kuchaytiradi va salqin ob-havoda isitishga yordam beradi.
Marinad uchun:
1 dona skotch bonnet qalampirini kesish va urug‘laridan tozalash.
2 dona xalapenyoni kesish va urug‘laridan tozalash.
1 osh qoshiq yangi toshcho‘p (timyan).
4 dona sarimsoq tishchalari.
2 choy qoshiq xushbo‘y qalampir.
3 osh qoshiq qamishdan olingan shakar.
2 choy qoshiq yirik donali tuz.
0,5 choy qoshiq muskat yong‘og‘i.
1 choy qoshiq dolchin.
1 choy qoshiq ezilgan qora murch.
1 choy qoshiq zanjabil kukuni.
0,25 stakan zaytun yog‘i.
0,25 stakan soya qaylasi.
1 dona laym po‘chog‘i.
0,25 stakan laym sharbati.
0,25 stakan apelsin sharbati. 0,5 stakan olma sirkasi. Asosiy taom uchun:
1 kg yirik bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘lingan tovuq.
16 dona bambukdan qilingan sixlar bir necha soat oldin suvda ivitib qo‘yiladi.
Tayyorlanishi:
Xushbo‘y qalampir hovonchada eziladi. Marinad uchun olingan masalliqlarning hammasi blenderda yaxshilab aralashtiriladi. Mahkamlanadigan paket ichiga tovuq va u to‘liq botib turadigan miqdorda marinad solinadi. 4 soat davomida sovutgichga qo‘yiladi. Marinadning qolgani ham sovutgichga olib qo‘yiladi.
Tovuq sovutgichdan olinadi. 4—6 bo‘lakdan sixlarga teriladi. Duxovkada tayyor bo‘lguncha pishiriladi. Pishirish davomida qolgan marinad vaqti-vaqti bilan tovuqqa surib turiladi.

Yüklə 37,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin