Makaron mahsulotlarini pishirish. Makaron mahsulotlari ikki usulda pishiriladi. Birinchi usul (quyish usuli). Tuzli suv qaynab turgan idishga (1 kg makaron mahsulotlariga 5-6 litr suv va 50 g tuz solinadi) tayyorlab qo’yilgan mahsulotlar solinib, tez qaynayotgan suvda yumshaguncha qaynatiladi, qaynatish vaqtida ular idish tubiga yopishib qolmasligi uchun yog’och kurakcha (chilcho’p) bilan aralashtirib turiladi.
1 kg mahsulotlar bilan suvning 5-6 litr ga teng nisbati shuning uchun zarurki, makaron mahsulotlari ezilib ketadi, pishgandan keyin ularning tashqi ko’rinishi hamda quyuq-suyuqligi yomonlashadi. Shu bois suv bilan makaronning nisbati qancha katta bo’lsa va makaron mahsulotlari solingach, suv qancha tez qaynab chiqsa, tayyor bo’lgan ovqatning sifati shuncha yuqori bo’ladi. Pishish muddati makaron mahsulotlarining turiga bog’liq. Quruq mahsulotlar 10-15 minut, hom mahsulotlar esa 3-8 minut qaynatiladi. Pishgan makaron mahsulotlari chovlida olinib, eritilgan yog’li boshqa idishga solinadi, bir-biriga yopishib qolmasligi uchun aralashtiriladi. Makaron mahsulotlari pishganda, yelimga aylanuvchi kraxmal suvni shimib olishi evaziga 2,5-3 baravar ko’payadi. Bu ko’payish jarayoni pishib ko’payish deyiladi va birinchi usulda qaynatilgandan keyin qoladigan qaynatmadan sho’rvalar pishirish uchun foydalanish tavsiya etiladi.
Nazorat savollari: Sardaklar qanday tayyorlanadi?
1Kirish
2 Amaliy ish
3Yakun yasash, tahlil qilish va baholash.
O’quv mashg’uloti maqsadi;
Sabzavotli dimlama tayyorlash ko’nikmalarini shakllantrish
O’qitish natijasi
Ushbu mazmuni o’zlashlashtrish natijasida o’quvchida shakllanadigan bilim, ko’nikma yoki konsepsiya
Pedagogik vazifalar
Sabzavotli taomlar tayyorlash uchun zarur hom ashyo maxsulotlari tanlash va ishlov berish bilan tanishtrish
Yo’riqnomali xarita asosida Sabzavotli dimlama taomini tayyorlashni tushuntrish.
Taomlarni tayyorlashda aniqlangan kamchiliklarni ko’rsatib berish.
Savotli taomlar tayyorlash uchun zarur hom ashyo maxsulotlari tanlash va ishlov berish bilan tanishadilar
Yo’riqnomali xarita asosida Savotli dimlama tayyorlashni tushunadilar
Taomlarni tayyorlashda aniqlangan kamchiliklarni bilib oladialar.
O’qitish usullari
Tushuntrish, namoish metodi, tezkor – so’rov javob ,muammoli vaziyat.
O’qitish faoliyatini tashkil etish
Jamoaviy,Frontal
kichik guruhlarda ishlash
| O’qitish vositalari
Mavzuga oid yordamchi ta’lim vositalari –rangli ,namunalar,namunalar,video roliklar,ishchi anjomlar ish varaqasi .Yo’riqli tehnologik harita
O’qitish sharoiti
Mahsus kiyimlar ishchi anjomlar bilan jihozlanagan guruhli shakllarda ishlashga mo’njallangan amaliyot honasi.
Qayta aloqaning uslub va vositalari
Nazorat ,bajarilgan ishlarni tekshirish og’zaki savol javob va boshqalar.