Ўқув машғулотида таълим технологияси модели



Yüklə 37,99 Mb.
səhifə17/83
tarix02.10.2023
ölçüsü37,99 Mb.
#151598
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
OSHPAZLIK TAOMLARINI TAYYORLASH Amaiyot

Asosiy oq qayla. Oq qayla uchun qaynatma sho’rva tayyorlanadi. Ildizlar va piyoz kokila qilib to’g’raladi. Tagi qalin idishda un margarinda och sariq ranga kirguncha qovuriladi. Ushbu un issiqligida bir necha galda issiq (80°) go’sht qaynatmasi bilan suyultirilib bir jinsli bo’tqa hosil qilinadi. Bu ish yog’och kurakcha bilan aralashtirib turgan holda bajariladi. Bo’tqaga tayyorlab qo’yilgan sabzavotlar qo’shilib, 30 min pishiriladi, pishirish vaqtida betidagi ko’pik olib turiladi. Tayyor bo’lgan qaylaga tuz, limon kislotasi qo’shilib, keyin suzg’ichdan o’tkaziladi va yana qaynatiladi. Suzg’ichdan o’tkazish vaqtida, hil-hil pishgan ildizlar va piyozni ezg’ilash mumkin.
Tayyor bo’lgan oq vajuga margarin qo’shiladi, betida parda hosil bo’lmasligi uchun sirtiga margarin bostirib qo’yiladi va marmitda saqlanadi. Qaynatib va yopiq idishda pishirilgan parranda va go’shtga qo’shib beriladi. Agar oq vaju sho’rvalar, go’shtni qizartirib qovurish va hosila vajular tayyorlash uchun ishlatiladagan bo’lsa, unga limon kislotasi va margarin qo’shiladi.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): qaynatma sho’rva -1100, ovqatga yaroqli margarin - 50, no’shpiyoz - 36, petrushka (ildizi) - 27, seldir (ildiz) - 29, limon kislotasi - 1.
Baliq qaynatmasida tayyorlanadigan oq qaylalar
Qizartirmasdan (oq) chala qovurilgan un va baliqni yoki baliqlarning ovqatga yaroqli chiqindilarini pishirish yoki yopiq idishda pishirish vaqtida hosil bo’luvchi qaynatma oq baliq qaylaning asosi hisoblanadi. Qaynatma sho’rvalar uchun bo’lgani singari, ammo quyuqroq qilib tayyorlanadi.
Asosiy oq qayla. Yog’da qizartirmasdan (oq) chala qovurilgan masalliq qizdirilib, issiq baliq qaynatmasi bilan suyultiriladi, kokila qilib to’g’ralib chala qovurilgan oq ildizlar va no’shpiyoz qo’shiladi hamda 30 min qay­natiladi, bu vaqt ichida betidan ko’pigi olib turiladi. Tuz qo’shilib, suzg’ichdan o’tkaziladi va qaynatiladi. Qayla hosila qaylalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Agar qayla baliqni qizartirib pishirish uchun ishlatiladigan, bo’lsa, u ildizlar va piyozsiz tayyorlanadi. Odatdagicha qaynatilgan yoki yopiq idishda qaynatilgan baliqqa qo’shib berishda qaylaga limon kislotasi va ovqatga yaroqli margarin qo’shiladi.

Yüklə 37,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin