Ўқув машғулотида таълим технологияси модели


Unli qaylalar tayyorlash. Go’shtli qizil qaylalar



Yüklə 37,99 Mb.
səhifə16/83
tarix02.10.2023
ölçüsü37,99 Mb.
#151598
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
OSHPAZLIK TAOMLARINI TAYYORLASH Amaiyot

Unli qaylalar tayyorlash. Go’shtli qizil qaylalar
Unli qaylalar go’sht, baliq, qo’ziqorin qaynatmalari, sut, smetana asosida tayyorlanadi. Ular jumlasiga asosiy qizil qayla va uning hosilalari, asosiy oq qayla hamda uning hosilalari, qo’ziqorin, smetana va sut qaylalari hamda ularning hosilalari kiradi. Ushbu qaylalarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning quyuq asosini chala qovurilgan un tashkil qiladi. Unli qaylalardan issiq holda foydalaniladi.
Go’sht qaynatmasi asosidagi qaylalar (vajular) ikki guruhga: qizil va oq vajularga ajratiladi. Qizil vajularning ta’mi aniq bilinib turadigan o’tkir bo’ladi, oq vajularning ta’mi esa mayinroq bo’ladi (tomat vajularidan tashqari). Qizil vajular asosi qizartirib qovurilgan un va jigarrang go’sht qaynatmasidan iborat. Tayyor bo’lgan qizil vajularning rangi to’q qizil bo’ladi. Ular ekstraktiv moddalarga boy bo’lib, ishtaha ochishga yordam beradi.
Asosiy qizil qayla. Qizil qayla tayyorlash uchun jigarrang qaynatma tayyorlanadi, un chala qovuriladi, sabzavotlar tomat bilan birga chala qovuriladi va ular aralashtiriladi hamda pishiriladi, hosil bo’lgan qaylaga ta’m va hid beruvchi mahsulotlar qo’shiladi, keyin qayla suzg’ichdan o’tkaziladi.
Qovurilgan suyaklardan qaynatma sho’rva tayyorlanib, suzg’ichdan o’tkaziladi. Sabzi, piyoz, petrushka mayda to’g’ralib, yog’da 5-10 minut chala qovuriladi, keyin tomat pyuresi qo’shiladi va birga yana 10-15 minut chala qovuriladi. Un qizartirib qovuriladi, 70-80°C gacha sovitiladi va aralashtirib turgan holda qaynatmaning bir qismini (1/4 ni) qo’shib bir jinsli bo’tqa hosil qilinadi. Agar qizil vaju yog’da chala qovurilgan un asosida tayyorlanadigan bo’lsa, un kerakli quyuqlikkacha issiq qaynatma sho’rva bilan suyultiriladi.
Jigarrang qaynatma sho’rvaning qolgan qismi qaynatiladi va unga boyagi suyultirilgan un quyilib, tomat pyuresi bilan birga chala qovurilgan sabzavotlar solinadi va past olovda 1 soat mobaynida qayla pishiriladi. Pishirilgan vaju qovushoq bo’lib qoladi, chunki bunda un tarkibidagi kraxmal yelimga aylanadi.
Pishishiga 10-15 minut qolganda qaylaga tuz, shakar, dafna bargi, yanchilgan chuchuk qalampir qo’shiladi. Ta’mini yaxshilish uchun ozgina go’sht shirasi (seli) qo’shishi mumkin. Keyin elakdan o’tkaziladi va pishgan sabzavotlar qirg’ichdan o’tkaziladi, qaylani sterilizatsiyalash va uning saqlanish muddatini uzaytirish uchun yana qaynatiladi.
Basharti, asosiy qizil qayladan ovqatlarga qo’shib berish uchun foydalaniladigan bo’lsa, unga bir bo’lak margarin solinadi va aralashtiriladi. Saqlash vaqtida parda yuzaga kelmasligi uchun qaylaning betiga 70,50,30 g li margarin bo’laklari yopishtirib qo’yiladi.
Asosiy qizil vaju qovurilgan go’sht kotletlar, ruletlar, zrazilar, sosiskalar, qo’shimcha mahsulotlarga, kartoshka bo’tqasidan qilingan taomlarga qo’shib berish uchun ishlatiladi. Qizil vaju asosida hosila qaylalar tayyorlanadi.
1000 g vaju olish uchun foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): jigarrang qaynatma sho’rva - 1000, eritilgan mol yog’i yoki qizdirilgan yog’ - 25, bug’doy uni - 50, tomat pyuresi - 150, sabzi - 100, no’shpiyoz - 36, petrushka (ildizi) - 20, shakar - 20.

Yüklə 37,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin