QАLDIRG‘OCHIM
Qaldirg‘ochim, mening chiroyli qushim,
Quyoshni, mehrni yaxshi ko‘rasan.
Senga uya bo‘ldi yuragim – to‘shim,
Sevgini, sehrni yaxshi ko‘rasan.
Kel, mening bag‘rimda uchaver yayrab,
Kulib tabassum qil, chug‘urlab sayrab.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
104
ZUMRАD
Kum-ko‘k bahor zumrad, giyohlar zumrad,
Аtirgul qabosi, g‘unchalar zumrad.
Yer-u osmon zumrad, nigohlar zumrad,
Qirlar zumrad, tog‘lar bunchalar zumrad.
Daraxtlar zumraddir, yaproqlar zumrad,
Daryolar ham zumrad, buloqlar zumrad,
Yaqinlar zumraddir, yiroqlar zumrad,
Yurakni zanglatgan firoqlar zumrad.
Sevgim, tuyg‘ularim zangori, zumrad,
Oshiqlar, muhabbat diyori zumrad.
Hayotimning naqsh-u nigori zumrad,
Intizor ko‘zimning xumori zumrad.
XILQАT
Chiroyli yaratgan seni tabiat,
Xudo ato etgan tengsiz latofat.
Husn-u jamolingni taʼriflay desam,
Topilmas husningdan ortiq so‘z, sifat.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
105
MENI KO‘RGING KELАDIMI?
Labimda muhabbat sharobin tutsam,
Tonggacha yulduzdek ko‘z yummay kutsam,
Shamoldek derazang yonidan o‘tsam,
Hijroning zahrini mardona yutsam,
Meni ko‘rging keladimi?
Ishqingda sayrasam misoli bulbul,
Yuragimdan uzib bersam qizil gul,
Boqmasang, arazlab o‘tirsam nuqul,
Dunyoni aylasa ko‘z yoshlarim ho‘l,
Meni ko‘rging keladimi?
Saharda – uyg‘onsam quyoshdan avval,
Ishqingda o‘rtanib nur sochsam yal-yal,
Uzuging ko‘zida bo‘lsam gavhar, laʼl,
Bilagim bo‘yningda bo‘lsa har mahal,
Meni ko‘rging keladimi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
106
* * *
Hayot o‘zi shunday chamamda,
Goh xafasan, gohida xursand.
Nimadandir ko‘ngling o‘sganda
Nimadandir yeb turasan pand.
* * *
Bugun mayin shabada kezar,
Ko‘nglim sizga intiqlik sezar.
Balki firoq diydordan o‘zar,
Qalbda umid ilinji suzar.
* * *
Yor, senga qilsam qo‘ng‘iroq,
Telefoning o‘chirilgan.
Meni yomon qiynar firoq,
Xushim senga ko‘chirilgan.
Yuragim chalar qo‘ng‘iroq,
Ruhim qushi uchirilgan.
Sendan so‘ray desam so‘roq,
Telefoning o‘chirilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
107
* * *
Qarab tursam sening oydek jamolingga,
Qading sarv, bo‘yi-basting hurga o‘xshaysan.
Xudo mehr bergan husn-u kamolingga,
Vujuding gul, badaning durga o‘xshaysan.
* * *
Sen bir gulsan isi ko‘p,
Muattar iforing kelib turadi.
Sen bir hursan ishi ko‘p,
Hijroning ustimdan kulib turadi.
* * *
Kaklikmisan, kabutarmisan?
Sevib intizor kutarmisan?
Yo‘lda seni poylab turibman,
Biz tomondan bir o‘tarmisan?
* * *
Yuragimni rom aylagan chiroyi,
Husn-u jamol xazinaboni – boyi,
Sevgi diyorining quyoshi, oyi,
Tanho o‘zingsan, jonim,
Sohibjamol jononim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
108
* * *
Intizorman oftob jamolingizga,
Nogoh xayolimni olib qochasiz?
Zavol yo‘q husn ila kamolingizga,
Chiroy taratasiz, chiroy ochasiz?
Boshimda bir savdo – ko‘lanka, soya,
Bodom qabog‘ingiz – surmarang bulut.
Yuragim – oppoq qor qoplangan qoya,
Ko‘nglim mehringizdan bebahra, unut.
Kungaboqar kabi boqaman faqir,
Shamoldek chopaman xizmatingizga.
Siz mehr beraman desangiz, axir,
Chek-u chegara yo‘q himmatingizga.
Meni qatl aylashga hamisha tayyor,
Saf tortib turadi kipriklaringiz.
Qoshlaringiz yoydek egilgan ayyor,
Buncha omonat qilko‘priklaringiz...
Yuzingiz – charaqlab nur sochgan quyosh,
Quyoshdan qamashib ketadi ko‘zim:
Boqsam, ko‘zlarimdan to‘kilar ko‘z yosh,
Boqmasam, sog‘inib yig‘layman o‘zim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
109
OHU
Topolmaysan yer yuzin izlab,
Senga mendek fido insonni –
Topmagandek falakni ko‘zlab,
Quyosh kabi bir mehribonni.
Odamlar bor makkor, shum, ayyor,
Odamlar bor ichi kir, baxil –
Yirtqich kabi hamlaga tayyor,
O‘lja izlab yurishar nuqul.
Sen ohusan chiroyli, ko‘rkam,
Sen kiyiksan bejirim, nafis –
Bamisoli qushdeksan, erkam,
Juda nozik, juda hurkak his.
Yirqichlardan bo‘lgin ehtiyot,
Tulkilardan doim bo‘l uzoq.
Qadamingni poylaydi sayyod,
Yo‘llaringga qo‘yadi tuzoq.
Tabiatning ko‘rkisan o‘zing,
Senga jonim qurbon, quralay!
Muhabbatning timsoli ko‘zing
Suluvlarga armon, quralay!
Cho‘qqilarda chopaver chaqqon,
Yovuzlardan hamisha ogoh.
Tog‘lardagi eng suluv jonon,
Seni o‘zi asrasin Olloh!
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
110
* * *
Baland qirlar po‘sib qolar shashtingdan
Izingda chang to‘zib qolar shashtingdan,
Tog‘lar yelka qisib qolar shashtingdan,
Keng yaylovlar qizib qolar shashtingdan,
Аrg‘umog‘im!
* * *
Men qushman, qo‘lingdan yegim kelar don,
Labingdan suv ichib, bergim kelar jon.
* * *
Seni kutdim qorayguncha qosh,
Ikki ko‘zim to‘rt bo‘lib mahtal.
Yuragim xun, bag‘rim – qon quyosh,
Yulduz bo‘ldim tun cho‘kkan mahal.
Seni kutdim quloqlarim ding,
Na sado, na “tiq” etgan tovush.
Seni kutdim ko‘zlarimda mung,
Qaroqlarim bejo, sertashvish.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
111
Dostları ilə paylaş: |