CS, AS, AR va CR kabi meditatsiya kanallarini bilib olsak, bizga boshqa insonlarning nuqtayi nazari, o‘ylash uslubi, ular nimalarga ahamiyat berishini tushunish ancha oson bo‘ladi. Har birimizda turli ruxiy ko‘rsatgichlar mavjud bo‘lgani uchun biz bir-birimizdan farq qilamiz va ba’zi narsalarni hamda jihatlarni boshqalardan o‘rgani-shimiz lozim bo‘ladi. Ba’zi vaqtlarda esa ushbu xilma-xillik o‘zaro tushunmovchilik va to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Chunki biz uchun juda foydali va qiziq bo‘lib ko‘rilgan narsalar, ruhiyatimizdagi farqlar mavjudligi tufayli boshqalarga unchalik foydali va qiziqarli emasdek tuyuladi. Agar Sizga ruhiyatingizning ba’zi bir jihatlarni ri-vojlantirish lozim bo‘lsa, yuqorida o‘tkazilgan tahlildan nimaga aha-miyat berishingiz lozimligini ham yaxshigina bilib olasiz. Endi ushbu ko‘rsatkichlarni kichkinagina jadval shaklida keltiramizki, natijada Siz uchun ruhiyat xossalarini chuqurroq o‘rganish yana ham osonlashadi:
Meditatsiya kanallariga izohlar