1. Atrofingizdagi hayot yaxshilanishi mumkin deb o‘ylaysizmi?
1. Ha, albatta.
2. Yo‘q, uning o‘zi yetarlicha yaxshi.
3. Ha, lekin uning ba’zi jihatlarinigina xolos.
2. Atrofingizdagi dunyoni sezilarli ravishda o‘zgartirishda o‘zingiz ham katnasha olaman deb o‘ylaysizmi?
1. Ha, ko‘p holatlarda.
2. Yo‘q.
3. Ha, ba’zi holatlarda.
3. Sizning ba’zi bir g‘oyalaringiz o‘zingiz ishlayotgan sohada ancha rivojlanishga sabab bo‘ladi deb hisoblaysizmi?
1. Ha.
2. Ha, agar shart-sharoitlar bunga imkon bersa.
3. Qandaydir bir darajada.
4. Siz keyinchalik shunday bir muhim ahamiyatli inson bo‘lib yetishamanki, nimanidir prinsipial jihatdan o‘zgartirish imkoniga ega bo‘laman deb fikrlaysizmi?
1. Albatta.
2. Buning ehtimoli juda kam darajada.
3. Balki.
5. Biror-bir ishni boshlaganingizda uni amalga oshira olaman deb o‘ylaysizmi?
1. Ha.
2. Ko‘pincha buni amalga oshira olmayman deb o‘ylayman.
3. Asosan buni amalga oshira olaman deb o‘ylayman.
6. O‘zingiz bilmagan biror-bir ish bilan shug‘ullanishni xohlay-sizmi?
1. Ha, noaniqlik meni o‘ziga jalb qiladi.
2. Noaniqlik meni qiziqtirmaydi.
3. Ushbu ish qandayligi bilan bog‘liq.
7. Sizga notanish bo‘lgan ish bilan shug‘ullanayotganingizda uni juda yaxshi bilib olish xohishi paydo bo‘ladimi?
1. Ha.
2. Nimaga erishgan bo‘lsangiz, o‘sha bilan qoniqasiz.
3. Ha, agar bu menga yoqqan taqdirda.
8. Bilmagan ishingiz Sizga yoqsa, u haqda barcha narsani bilib olishni xohlaysizmi?
1. Ha.
2. Yo‘q, men asosiy ma’lumotlarnigina bilib olishga harakat qila-man.
3. Yo‘q, men faqat o‘z qiziqishimni qondirishgagina harakat qila-man.
9. Agar Siz muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz:
1. Buning foydasizligini bilib turib ham, o‘jarlik bilan ishni davom ettirasiz.
2. Bu ishning haqiqatdan uzoqligini bilib, undan darhol voz kechasiz.
3. Siz duch kelgan to‘siqlarga va ularni hal qilish mumkin emasligi aniq bo‘lishiga qaramay, ishni davom ettirasiz.
Dostları ilə paylaş: |