1. O‘z fikringizni tez-tez o‘zgartirib turasizmi? a) Yo‘q
b) Ba’zida
v) Ha
2. Siz biletni sotib olgansiz va ertaga ta’tilingiz boshlanadi. Rahbar Sizga tezda bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriq berdi. Siz quyida-gilardan birini qilasiz: a) Buni bajarishdan qat’iy voz kechasiz
b) Topshiriqni ertaga ertalabgacha bajarib berasiz va ta’tilga ketaverasiz
v) Ta’tilni qoldirib, ishni bajarasiz
3. Maqsadingizga erishish uchun: a) Uni bajarish uchun aniq muddatlarni belgilaysiz
b) Umumiy harakatlar rejasini tuzasiz
v) Uni amalga oshirishning xilma-xil variantlarni ko‘rib chiqib, ikki-uchta eng yaxshisida to‘xtaysiz
4. Agar Siz ijodiy yondashuvni talab qilmaydigan, balki tez baja-rilishi lozim bo‘lgan ishni bajarishga kirishsangiz, uni quyidagicha bajarasiz: a) Uni iloji boricha tezroq bajarib, tekshirasiz hamda kerak bo‘lsa tuzatasiz va tugallaysiz
b) Ishni iloji boricha yaxshi bajarishga harakat qilasiz
v) Qanday qilinishi mumkin bo‘lsa, shunday bajarasiz.
5. Do‘stlaringiz bilan ta’tilga borishni rejalashtirgansiz. Oxirgi kunlarda ularning har biri biror bir sababga binoan ta’tilga borishga qiynalayapti. Siz nima qilasiz: a) Ularning muammolarini hal qilishga faol harakat qilasiz
b) Tortishuvlardan so‘ng ta’tilga borishni uch-to‘rt kunga qoldirasiz
v) Demak, bu narsa taqdirimga yozilmagan ekan deb qo‘ya qolasiz
6. Ruhiyatshunoslarga munosabatingiz qanday? a) Ba’zi odamlarga ular xaqiqatan ham keraklidirlar
b) Ularga hech qanday munosabatda emasman
v) Bunday sohani tanlaydigan inson qanday bo‘lishini tasavvur ham qilolmayman
7. «Taqdirga rozi bo‘lish kerak» degan fikrga munosabatingiz: a) Umuman qo‘shilmayman
b) Sevgi haqida gapirilgandagina bu narsa o‘rinlidir deb fikrlayman
v) To‘la qo‘shilaman
8. Boshqalarni birovlarga bog‘liq qilib qo‘ygandan ko‘ra, o‘zim kimgadir bog‘liq bo‘lganim ma’quldir degan fikrga munosa-batingiz: a) Bu fikrga aslo qo‘shilmayman
b) Ba’zi holatlarda qo‘shilishim mumkin
v) To‘la qo‘shilaman
9. Sizga butun umr davomida orzu qilgan ishingizni taklif qilishdi, lekin bu ish boshqa shaharda ishlash bilan bog‘liq. U yerga ketishingizdan uch kun oldin Siz orzu qilgan qizni (yigitni) uchratdingiz. Siz quyidagilardan birini qilasiz: a) Unga zudlik bilan uylanasiz (FXDE) dan o‘tasiz) va birgalikda yangi ish joyiga ketasiz
b) Ishni ham, sevgini ham yo‘qotmaslik uchun ma’lum muddat ikkalasini birgalikda olib borasiz
v) Taklif qilingan ishdan voz kechasiz