AS – Abstract Sequental – Abstrakt hamda aniq ketma-ketlikda faoliyat ko‘rsatadigan ruhiyat (xarakter) turi uchun quyidagilar xos:
Ustuvorlik (Prioritet) lar: • mantiqiy;
• nazariy;
• baholovchi;
• aniq tizimli;
• akademik tarzda fikrlash uslubiyati;
• boshqalarning ustidan hukm chiqaruvchi;
• g‘oyaga berilgan;
• analitik (tahlil qiluvchi);
• intellektual va aqlli;
• ko‘p o‘qiydi;
• munozarani yaxshi ko‘radi;
• tekshiruvlar va ilmiy izlanishlar uning yaxshi ko‘rgan faoliyat turi.
Tug‘ma xislatlar: • nuqtayi nazarlar va fikrlarning kurashi;
• ma’lumot yig‘ish va g‘oyalarni tahlil qilish;
• aniq yo‘nalgan tartibda fikrlash;
• chidamli o‘rganuvchilar;
• ma’lumotlarni har tomonlama o‘rganish;
• nazariyalarni va ularning asosiy jihatlarini tekshirish;
• muhimlikni tekshirish;
• ma’lumotlar ustida izlanish;
• javob topishga qattiq urinish;
• intellektual (bilimdonligini) tan olinish uchun kurash.
Tashki muhitga nisbatan afzalliklar: • ekspertlarning fikrlari yoki yozma manbalarga ega bo‘lmoq;
• o‘z-o‘ziga ishonch;
• an’anaviy tartibotlarga rioya qilmoq;
• materialni yaxshilab o‘rganish uchun vaqt topish;
• o‘zi yolg‘iz ishlay oladi;
• intellektual (aqliy) qobiliyatlari tufayli izzatda;
• analitik (tahliliy) esselar yozish;
• kutubxonalarda izlanishlar olib boradi.
Mumkin bo‘lgan to‘siqlar: • hissiyot (emotsiya) larni amaliy ravishda ifodalash;
• guruh munozaralarida birgalikda ishlash;
• qiziqarli ma’lumotlar yozish;
• xilma-xil narsalarning noan’anaviy ravishda bajarish yo‘llarini o‘ylab topish;
• o‘yinlarga ishqibozlik;
• fizik mahsulotlar yaratish;
• boshqalarni diplomatik ravishda ishontirish;
• tanqidiy fikr yuritish (kritik bo‘lish);
• tavakkalchilik va noaniqlikni qabul qila olish.
Ish uslubiyati: • xilma-xil sharoitlarda hajviyani ko‘ra olish;
• «gullarni ham hidlash» uchun ham vaqt topish;
• o‘zi uchun ajoyib sharoitlar bo‘lishi haqida uncha-lik qayg‘urmaslik;
• muqobil (alternativ) yechimlarning boshqa xil usul-larini topish;
• yangi tajribalar o‘tkazish;
• bahsdan ko‘ra ko‘proq eshitish;
• noan’anaviy yondashuvlar natijalarini o‘rganish.
Agar biz o‘zimiz yoki o‘quvchilarimiz ruhiyatlarining qanday-ligini yuqoridagidek usulni qo‘llagan holda bilib olsak, birgalikda yax-shiroq ishlashimiz mumkin va nima uchun ba’zi bir ishlarni barchamiz har xil bajaramiz, degan savolga to‘g‘ri javob bera olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.