3. Agar CS(a) , AS (b) , AR (c) , CR (d) larning yig‘indisi 100 dan katta yoki undan kichik bo‘lsa, hisob-kitoblaringizni yana bir karra tekshirib chiqing, chunki ularning yig‘indisi aniq 100 ga teng chiqishi kerak.
Endi Siz olingan natijalar bo‘yicha chizma chizishingiz lozim bo‘ladi. Buning uchun gorizontal o‘qni CR- AS (chapdan o‘ngga yo‘nalgan) va vertikal o‘qni CS – AR (yuqoridan pastga yo‘nalgan) deb belgilab olasiz.
Navbatdagi bosqichda quyidagi ishlarni bajarasiz: • Soat 12:00 tomon yo‘nalgan CS vertikal o‘qida jami katak-chadagi CS ga tegishli son qiymatini belgilaysiz.
• Soat 3:00 tomon yo‘nalgan AS gorizontal o‘qida jami katak-chadagi AS ga tegishli son qiymatini belgilaysiz.
• Soat 6:00 tomon yo‘nalgan AR vertikal o‘qida jami katakchadagi AR ga tegishli son qiymatini belgilaysiz.
• Soat 9:00 tomon yo‘nalgan CR gorizontal o‘qida jami katakchadagi CR ga tegishli son qiymatini belgilaysiz.
Endi esa barcha belgilangan nuqtalarni to‘g‘ri chiziq bilan birlash-tirasiz va natijada qiyshiq burchakli to‘rtburchakka ega bo‘lasiz. Bu bilan Siz o‘z xarakteringiz (ruhiyatingiz) ning kuchli (27-40 atrofida), o‘rta (16-26 kattaliklarda) va kam miqdordagi (10-15 lar atrofida) dominantalari (yoki meditatsiya kanallaringizning) kattaliklarini aniq-lovchi son qiymatlarini aniqladingiz. Qaysi son miqdori ko‘p chiqsa, to‘rtburchak o‘sha tomonga qarab cho‘zilgan bo‘ladi va demak biling-ki, Sizning ruhiyatingiz xuddi shu yo‘nalishda kuchli tomonlarga ega ekan deyish mumkin.
Endi yuqorida aytib o‘tilgan har bir tushunchaga izoh berib o‘tsak, natijalarni tahlil qilishingiz va o‘zingizni-o‘zingiz yaxshiroq bilib oli-shingiz oson bo‘ladi.
CR – Concrete Random, Konkret va tasodifiy holdagi ruhiyat turi uchun quyidagilar xosdir:
Ustuvorlik (Prioritet) lar: • qiziquvchan;
• tekshiruvchan;
• turli xil fikrlovchi;
• o‘zgarishlar qilishga yo‘nalgan;
• talabchan;
• mustaqil;
• mohiyatini bilishga intiladi;
• tavakkalchilik qila oladi;
• muammoni xal qila oladi;
• amaliyotchi;
• yangiliklar yarata oladi, kashfiyotchi.
Tug‘ma xislatlar: • muammolarni hal qilish uchun tajribalar o‘tkazish;
• yangi ma’lumotlar va jarayonlarni kashf qilish;
• imkoniyatlar topish, o‘zgarishlar bunyod qilish;
• mustaqil bo‘lmoq;
• yechimlar axtarish;
• maqsadga muvofiq tavakkalchilik;
• noan’anaviy yechimlar topish;
• «nega?» degan savolni tadqiq qilish;
• yuqori darajadagi qiziquvchanlik.
Tashqi muhitga nisbatan afzalliklar: • muammolarni hal qilish uchun doimo yangi yechimlar topishga harakat qilish;
• o‘zini-o‘zi boshqaruv;
• raqobatbardosh;
• hozirjavob;
• juda ko‘p xil yechimlar topish va ularni amalga oshirishga intilish;
• real va qiziqarli mahsulotlar yaratish;
• xilma xil imkoniyatlardan foydalana olish;
• o‘z tajribasiga tayanish.
Mumkin bo‘lgan to‘siqlar: • doimiy vaqt tig‘izligi;
• loyiha tugallangan vaqtda yangi g‘oyalar paydo bo‘lishi;
• bir javobnigina tanlab olish;
• mufassal hisobotlar va yozuvlar saqlash;
• mahsulot/natijalarga ko‘proq ahamiyat berish;
• boshqa fikrlar yoki imkoniyatlarga ega bo‘lmaslik;
• nazorat qilinadigan muhitda ishlash;
• ma’ruzachi bilan muloqot qila olmagan holda ma’ruzani tinglash.
Ish uslubiyati: • ustuvor (prioritet) lar orqali o‘rganish;
• tugallangan ishlarni bajarish;
• ma’lumotlarni tajriba bilan birlashtirish;
• boshqalardan ishni berilgan muddatda bajarishni talab qilish;
• mas’uliyatlarni bo‘lib chiqish;
• boshqalarning fikrlarini shundayligicha qabul qilish va ularga boshqacha bo‘lishi mumkinligini ko‘rsat-maslik.