2. Ma’ruzaning birinchi qismiga oid ma’lumotlarni berish (Bu-ni talabalarning mavzu haqida ma’lumot olishiga qiyoslagan holda «Ma’lumot olish» bosqichi deb atasa ham bo‘laveradi.) Mazkur hal qiluvchi bosqichda o‘qituvchi 10-15 daqiqa davomida ma’ruza matnini tushuntiradi yoki uning tub mohiyatini o‘quvchilar diqqat-e’tiboriga havola qiladi. Bu vaqt butunlay tasodifiy ravishda mu-alliflarning o‘zlari tomonidan tanlangan emas, albatta. Uning o‘ziga xos ilmiy-uslubiy va amaliy asosi mavjudki, bunga rioya qilmasdan aslo ilojimiz yo‘q. Chunki ma’ruza qanday bo‘lmasin, uning davomiyligi belgilangan vaqtdan oshib ketgandan so‘ng tinglovchilarning ma’ruzaga bo‘lgan fikr-e’tibori asta-sekin susayadi. Demak, ular uchun qandaydir miya faollashtiruvi turidagi yoki ularning mudragan miyasini jonlan-tirish uchun turtki bo‘luvchi ishchan faoliyatni tashkil qilish lozim bo‘-ladi. Ushbu ish esa keyingi bosqichda amalga oshiriladi.
3. Ma’ruza o‘qilishi jarayonida oraliq xulosalar chiqarish (ush-bu bosqichni uning fikrlash jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi uchun shartli ravishda «Fikrlov» bosqichi deb atashimiz mumkin) Ma’ruzaning ikkinchi bosqichida ta’rif etilgan birinchi «Ma’lumot olish» deb nomlangan qismi tugaganidan so‘ng, o‘qituvchi o‘z ma’ruzasini ma’lum muddatga to‘xtatadi va tinglovchilardan hozirgina tinglangan ma’ruza qismi bo‘yicha eshitganlarini hamda o‘zlarining ushbu yo‘nalish, fan yoki soha haqidagi shaxsiy fikrlarini o‘zlashtirilgan ma’-lumot bilan solishtirishni va ijodiy fikrlashni taklif qiladi. Masalan, o‘qituvchi tinglovchilarni juftliklarga bo‘lib, ularga birgalikda (o‘z she-riklari bilan) quyidagi turdagi savollarni muhokama qilishga yo‘llashi mumkin:
Hozir eshitgan ma’ruzadagi Siz olgan eng asosiy ma’lumotlardan ..................... ni aytib bera olasizmi?
Ma’ruzadan olingan ma’lumotlar Sizning ushbu soha haqidagi fikringiz va tajribangiz bilan mos keladimi?
Uning qaysi bir jihatlarini yoki tarkibiy qismlarini o‘zingiz uchun muhim deb bilasiz?
Ma’ruzada bayon qilingan fikrlar Sizning shaxsiy fikringiz va tajribangizga mos keladimi?