Uzbek stationery


Bu usul ta’lim berishda unchalik tajriba



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə7/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Interfaol ta’lim uz

4. Bu usul ta’lim berishda unchalik tajribasi ham, bilimi ham, intilishi ham bo‘lmagan o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilishga imkon yaratib, o‘quv muassasasidagi o‘qituvchi kadrlar safini bir qadar to‘ldirishga xizmat qiladi. Chunki ular uchun ma’ruza usulini qo‘llash, o‘zini bilimdon qilib ko‘rsatgan holda o‘rtamiyona dars berishga chek-siz imkoniyatlar yaratadi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan bevosita muloqotda bo‘lmasdan, minbardan turib ma’ruza o‘qish orqali o‘z peda-gogik mahoratini ma’lum darajada namoyish etishga imkoniyat topadi. Mavzu bilan uzviy bog‘liq biror-bir savol yoki muammo bilan unga murojaat qilinsa, u masalan quyidagi tarzda javob berishi mumkin: «Azizim, men hech qachon palov pishirmaganman, lekin palovning mazasini har qanday oshpazdan ham yaxshiroq bilaman». Demak, yuqorida keltirilgan an’anaviy ma’ruza usuli haqidagi tadqiqotlardan ma’lum bo‘ladiki, ta’limni bunday tashkillashtirishda talabalar ma’ru-zaning mazmun/mohiyatini yaxshi eslab qola olmaydilar, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantira olmaydilar hamda unda olingan ma’lumot-larni hayotda ishlatishga birmuncha qiynaladilar. Ya’ni ular xuddi kompyuterning xotirasidagi saqlanayotgan ma’lumotlar bankidagi ma’-lumotlar majmuasiga o‘xshash passiv bilimlarga ega bo‘ladilar xolos. Shuning uchun ham, undan farqli o‘laroq, quyida biz zamonaviy faol ma’ruza usulini va uni tashkil qilish qonun-qoidalarini ko‘rib chiqamiz. Hozir biz ko‘rib chiqishimiz lozim bo‘lgan Aktiv/Faol ma’ruza usuli quyidagi asosiy bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1. Ma’ruzani o‘qish jarayoniga tayyorlanish bosqichi (uni bosh-qacha qilib shartli ravishda «Chaqiriq», «Tayyorlanish» atamalari bilan atash ham mumkin).
Bu bosqich ma’ruza darsi o‘tilishining ilk bosqichi bo‘lib, unda o‘qituvchi talabalarning diqqat-e’tiborini o‘rganilishi lozim bo‘lgan mavzuning materialiga (sohasiga, muammosiga) iloji boricha tezrok jamlashga yordam beruvchi biror–bir topshiriq, masala yoki fikr beradi. U bunda ikki maqsadni ko‘zlaydi: tinglovchi, o‘quvchi yoki talabalarga ushbu soha bo‘yicha ularning bilgan barcha bilimlarini eslashni taklif qiladi va buning asosida ma’ruzada javob berilishi zarur bo‘lgan savollar majmuasini to‘zadi. Demak, ushbu birinchi (Chaqiriq, Tayyorlanish) bosqichning asosiy maqsadi talabalarning ma’ruza o‘qilishi kerak bo‘lgan yo‘nalishdagi bilimlarini faollashtirish, ularda bo‘lajak ma’ru-zaga ma’lum bir darajada qiziqish uyg‘otish va ma’ruzaning pirovard maqsadlarini aniqlashga qaratilgan. Bunda, masalan, o‘qituvchi quyidagi tartibda o‘z ishini tashkil qilishi mumkin:
a) tanlangan ma’ruza mavzusi bo‘yicha o‘quvchi-talabalarning bilimlarini jamlash uchun besh daqiqa vaqt ajratish (bu ishni o‘qituv-chining topqirligi va aql-farosati bilan bog‘liq ravishda xilma-xil usul-larda va ko‘rinishlarda uyushtirish mumkin);
b) o‘quvchi-talabalarning ma’lum tartibda hosil qilingan guruh­larida yoki ikki kishilik juftliklarda (bu holda har bir o‘quvchi o‘zining yonidagi sherigi bilangina muloqot qilishi mumkin) muhokama qilish uchun savollar qo‘uyish va ularning muhokamasini jonli ravishda tash-kil qilish;
v) tinglovchilarga ushbu aniq ma’ruza ma’nosi va matni bilan bog‘liq iboralar, tayanch so‘zlar, atamalar yoki tushunchalar ro‘yxatini ko‘rsatish va ulardan ushbu iboralar hamda atamalarni izohlab berishni, mohiyatini yoki ma’nosini so‘rash. Agar shunday ish amalga oshirilsa, ma’ruzani berish jarayoni ancha oson va ortiqcha muammolarsiz o‘tadi hamda o‘quvchilar o‘zlarini erkin his qilib, masalaning mohiyatini ang-lay boshlaydilar.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin