4. Ma’ruzaga navbatdagi tayyorlanuv bosqichi va uning mohi-yati (bu bosqichni unda talabalarni ma’lumotlarning keyingi qismi-ni olishga chaqirish uchun tayyorlanish ko‘zda tutilgani uchun shartli ravishda «Chaqiriq» yoki «Tayyorlanish» bosqichi deb ham atashimiz mumkin.) Bu bosqichda ma’ruza o‘qiydigan o‘qituvchi talabalar yoki ting-lovchilarga aynan birinchi bosqichda amalga oshirilgan jarayonga o‘x-shash yakka yoki juftliklarda ishlash uchun qisqa topshiriqlar beradi va bu topshiriqlar ularning ongida mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otishi lo-zim bo‘ladi. Bundan pirovard maqsad bo‘lib quyidagilar xizmat qilishi mumkin:
o‘quvchi-talabalarning o‘zlashtirgan bilimlarini jamlash, ularda ma’ruzaning keyingi qismini eshitish uchun qiziqish uyg‘otish;
ma’ruza qiziqarli ekan, degan ijobiy fikr shakllantirish;
o‘quvchilarning diqqatini yana bir marta ijodiy bilim olishga jalb qilish.
5. Ma’ruzaning ikkinchi qismiga oid ma’lumotlarni imkoniyat darajasida qiziqarli qilib berish (ushbu bosqichni uning mohiyatiga monand ravishda «Ma’lumot olish» deb atash maqsadga muvofiq). Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzu davomining mohiyati qisqa hamda ifodali qilib tushuntiriladi va shundan so‘ng o‘qituvchi yana 10–15 daqiqa mobaynida mohirlik bilan ma’ruzaning keyingi qismini ting-lovchilar diqqat-e’tiboriga havola qiladi va uning mazmunini (mohiya-tini, tub ma’nosini, materialini) tanqidiy (jonli ravishda, ijodiy) jihatdan o‘ylash va tahlil qilish uchun talabalar diqqatiga havola qiladi. Bunda jonli misollardan foydalangan holda, tushunarli va hayotiy qilib ma’ruza savol va masalalarini tavsiflash katta amaliy ahamiyatga ega. Agar o‘qi-tuvchi shu masalani muvaffaqiyatli hal qila olsa, hech qiynalmasdan keyingi bosqichga o‘tishi mumkin.
6. Ma’ruza mavzusi bo‘yicha ikkinchi marta oraliq xulosalar chiqarish bosqichi(bu bosqich yana o‘quvchilarning fikrlash jara-yonini faollashtirish bilan uzviy bog‘liqligini hisobga olgan holda uni «Fikrlash bosqichi» deb ataymiz) Bunda o‘qituvchining hurmat va e’tiboriga loyiq tinglovchilari o‘z shaxsiy fikrlarini hamda bilimlarini ma’ruzadan olgan ma’lumot va g‘o-yalar bilan solishtirish hamda tegishli xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bizningcha, faol ma’ruza o‘tkazishning asosiy va hal qi-luvchi bosqichlari va uni tashkil qilishning tub sir-asrorlari kitobxonga ancha tushunarli bo‘ldi, chogi. Demak, biz olg‘a qarab harakat qilishga o‘ziga xos harakat dasturi yaratdik va ma’ruza bilan bog‘liq keyingi qa-damlar ma’nosini ham ko‘rib chiqishga tayyormiz. Xuddi shu tartibda harakat qilinsa, ma’ruzaning uchinchi, to‘rtinchi va boshqa hamma qi-smlari muvaffaqiyatli o‘qiladi va nihoyat darsni yakunlash bosqichiga yetib kelinadi. Bu esa o‘z-o‘zidan yakuniy topshiriq turidagi mashg‘ulot bo‘lib, yalpi miqyosdagi (ko‘rinishdagi), ma’ruzaning hamma tarkibiy qismlarini va mohiyatini qamrab olgan ijodiy va tanqidiy ko‘rinishdagi fikrlashni talab qiladi.