Uzbek stationery



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə11/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Interfaol ta’lim uz

Mantiqiy zanjir usuli
Bu usul ko‘pincha tezda faollashtirilish va o‘rganilayotgan mav-zuning mohiyatiga etish o‘ta muhim bo‘lgan mavzularni o‘rganishda yoki shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan guruhlarda qo‘llaniladi. O‘qi-tuvchi ushbu mavzu bilan uzviy bog‘liq so‘zlar ketma-ketligini (gapni, fikrni, qoidani, faktni, tushuntirishni, gipotezani, xronologik ketma-ket-likni, sabab-oqibat zanjirini va hokazo) ixtiyoriy ravishda tanlab oladi va ularni bir qancha alohida so‘z qismlariga bo‘lib, alohida qog‘ozlarga yozib chiqadi. Keyin talabalar (tinglovchilar) guruhlariga fikrlarini jam-lab muhokama qilish natijasida, so‘zlarni ma’no-mohiyatiga ko‘ra to‘g‘-ri tartibda joylashtirish vazifasini beradi. Bir qancha tinglovchi/talaba bu ishni bajarib, guruh yagona bir xulosaga kelganidan so‘ng, o‘qituvchi ularga bu fikr o‘rganilayotgan ma’ruza matnida qanday ma’noda ke-lishiga e’tibor berishni va ma’ruzadan so‘ng uni iloji boricha aniqroq va batafsilroq aniqlashga harakat qilish kerakligini bildiradi. Demak, endi talabalar ma’ruza davomida bu so‘z/fikr qachon va qay tarzda hamda qanday ma’noda kelishiga alohida e’tibor beradilar, ya’ni ularning fikri ma’ruza davomida bir tomonga yo‘naltirilgan (fokuslashgan) holatda bo‘ladi. Yo‘naltirilgan fikr-e’tibor esa ularga mavzuni aql nuri bilan yo-ritishga va undan tegishli ma’noni atroflicha o‘qishga olib kelishi tabiiy.
Ma’ruza mavzusi bo‘yicha ma’lumot yozish
Tinglovchi/talabaga besh daqiqa davomida taklif etilgan mavzu bo‘yicha ular biladigan hamma ma’lumotlarini erkin uslubda yozish taklif qilinadi. Besh daqiqa o‘tgandan so‘ng esa ishni ijodiy ravishda yakunlash uchun yana bir daqiqa qo‘shib berish ham yaxshi natijalarga olib keladi. Chunki tig‘iz (kritik) sharoitlarda imkon miyasiga eng yax-shi va samarali fikrlar kelishi mumkin. Keyin esa ularning ba’zilaridan yozganlarini bir-birlariga aytishlarini, munozara qilishlarini yoki barcha sinf o‘quvchilariga o‘qib berishlarini so‘rash mumkin. Ularga ma’ruza davomida qaysi bir fikr, g‘oyalar yoki kimning fikri to‘g‘ri chiqishiga ahamiyat berishni so‘rash ularning fikrini jamlashga va keyinchalik bo‘-ladigan ma’ruzani diqqat-e’tibor bilan tinglashga katta yordam beradi. Bunda, albatta, o‘qituvchi shart-sharoitga va o‘quvchilarning qiziqish darajasiga bog‘liq ravishda bundan boshqa imkoniyatlarni ham keng miqyosda qo‘llashi mumkin.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin