1. Biror-bir soha, fan, yo‘nalish, yangilik haqida umumiy ma’lumot berish va tinglovchilarga ushbu yo‘nalish bilan bog‘liq ko‘r-satma/yo‘l-yo‘riqlar berish uchun ma’ruza usuli juda qulay, oson va maqsadga muvofiq. Bunda tinglovchilar sohani/yo‘nalishni umumiy holda chuqurroq va tezroq o‘zlashtiradilar. Bu xuddi ovqatlanish muas-sasasida tayyor va sifatli ovqatlarni ularning qanday tayyorlan-ganini bilmasdan huzur qilib yeyishga o‘xshab ketadi. Chunki ularning qanday tayyorlanganini bilmasdan ham, ovqatlarning qaysi biri yaxshi va qaysi biri unchalik emasligini bemalol ayta olasiz-da. Ularning mazasi haqi-dagi fikringiz ham tayyorlanish jarayonini bilish bilan aslo bog‘-liq emas.
2. Agarda auditoriyada, o‘quv muassasasida har bir tinglovchi-ni/talabani alohida ma’ruza matni yoki u bilan bog‘liq o‘quv materi-ali/kitob/ma’ruza matni bilan ta’minlashga imkoniyat bo‘lmasa, ma’ruza tinglovchilarga ommabop, chegaralangan va umumiy holdagi tegishli ma’lumot (yoki bilim) berishning eng yaxshi usulidir, desak hech ham yanglishmagan bo‘lar edik. Agar talaba/o‘quvchi harakatchan, aqlli, bilimli va faol bo‘lsa, ta’limning an’anaviy va sust ma’ruza usuli orqali ham ancha katta bilim hajmiga ega bo‘lishi mumkin, lekin uning ijodiy va samarali fikrlash doirasi baribir (taxminan 95 foizli ehtimollik darajasida) chegaralangan bo‘lib qoladi. Agar o‘quvchi/tala-baning tug‘ma qobiliyatlari, oilaviy sharoiti yoki muhiti buni to‘ldirmasa, uning tanqidiy mushohada qilish qobiliyati ham shubhasiz chegaralangan, bir yoqlama bo‘lib qolishi mumkin. Demak, boshqacha qilib aytganda, insonning kichik aqliy salohiyati (intellektual koeffitsiyenti) uning juda katta hajmdagi haqiqiy bilimlar majmuasi tufayli katta bo‘lib ko‘rinishi mumkin, chunki u o‘ylamasdan va fikr qilmasdan o‘zining bilimlar majmuasidan tayyor kerakli javoblarni topib, darhol aytish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning isboti uchun atrofingizdagi insonlar bilan muloqot qilish va ularning betakror harakatlarini o‘rganish kifoya.
3. Tinglovchilar soni ko‘p bo‘lganda ushbu usulning samarasi yuqori bo‘ladi, deb ayta olamiz. Ma’ruza yuzlab o‘quvchi/talabalarga bir vaqtning o‘zida ma’lumot yetkazish, unda mavzu bilan bog‘liq sa-vollarni muhokama qilish, yo‘nalish olish va mavzuning mohiyatiga tushunish uchun real imkoniyat yaratadi.