Uzbek stationery



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə3/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Interfaol ta’lim uz

G. Gersen.

Keyingi paytlarda jamiyatimizda har bir inson uning boshlan-g‘ich bilim darajasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar istalgan sohadan bilim olishga haqli deb topildi va uning kelajakda davlat muassasalarida yaxshi mansab egallashi maqsadida ta’lim muassasalariga jalb qilish odat bo‘lib qoldi. O‘quv muassasalariga faqatgina bir necha fandan testlar topshirgan holda kirishni tashkil qilish ham o‘quvchilarning dun-yoqarashi va bilimlarini chegaralangan hamda bir tomonlama bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki maktab, litsey va kollejlarda ko‘pgina fanlar chetga surilib, ularda faqatgina test topshiriladigan fanlar bo‘yicha chu-qur ta’lim berilishi, test javoblarini ularning mohiyatiga yetmasdan yod-da saqlashga harakat qilinishi bitiruvchilar bilimining sayoz va bir tomonlama bo‘lishiga olib kelmoqda. Agar kirish imtihonlari barcha fanlar bo‘yicha integral usulda tashkil qilinsa, ya’ni, bir qism fanlardan test orqali, boshqalaridan og‘zaki savol-javoblar vositasida, yana bosh-qalaridan yozma usulda qabul qilinib, ularning natijasi umumlashtirilsa, chuqur bilimli va fikrlash doirasi keng bo‘lgan abituriyentlargina o‘quv muassasasiga kirishar edi va yuqoridagi salbiy holatlar yuz bermas edi, albatta. Bu mamlakat kelajagi bilan uzviy bog‘liq strategik masala bo‘l-gani uchun ham uni ta’kidlamasdan boshqa ilojimiz yo‘q. Bundan tashqari, ta’lim berish jarayonida asosiy diqqat-e’tibor ta’lim muassa-salarida qanday fanlardan dars berish, qanday ta’lim standartlariga rioya qilish va qanday kitoblardan foydalanishga qaratildi, xolos. Bunda, ming afsuski, ta’lim berishning asosiy omili va yurituvchi kuchi bo‘lgan bir nima yoddan chiqarildi – bu eng asosiy omil esa shak-shubhasiz – O‘QITUVCHIDIR! Bu borada hozirgi zamonga mos bo‘lgan quyidagi fikr o‘rinlidir, desak ham bo‘laveradi: «Har qanday fan bo‘yicha mala-kali o‘qituvchini osongina tayyorlash mumkin va u o‘quv jarayoni mexanizmining bir detali sifatida istalgancha dasturlanishi va yo‘nal-tirilishi mumkin?!» Bu tezis o‘z-o‘zidan o‘qituvchining jamiyatdagi mavqeyini juda ham pasaytirib, o‘quvchilarning unga bo‘lgan hurmat va e’tiborga sezilarli darajada putur yetkazadi. Natija ham darhol ayon bo‘ladi – malakali o‘qituvchi bo‘lishga intilish yo‘qolib, bu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishga layoqatlilar soni keskin kamayadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim berish sifatini ancha pasaytiradi. Lekin bu tezis hozirgi jadal sur’atda rivojlanayotgan hayotga aslo mos kelmaydi va uni jadal rivojlanish davriga mos quyidagi tezis bilan almashtirish maq-sadga muvofiq: «Malakali o‘qituvchini tayyorlash juda murakkab va qimmat turadigan faoliyat turi bo‘lib, u o‘quv jarayonining ijodiy, yaratuvchi va yurituvchi kuchidir. Har bir o‘qituvchini juda ham qimmatli insoniy zaxira sifatida hisoblab, uning jamiyatdagi mavqeyini imkon darajasida ko‘tarish mamlakatning uzoq muddatli strategik maqsadlariga aynan mos keladi».


Haqiqatan ham, o‘quvchilarga ta’lim berish va malakali o‘qituv-chi bo‘lish juda murakkab hamda ko‘p mehnat talab qiladigan faoliyat turidir. Bizning jamiyatda o‘qituvchilik professional ish turi hisoblanib, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ular biror bir soha-ning professional mutaxassisi va malakali eksperti hisoblanib, o‘quvchi-talabalarga kerakli bilimlarni egallashlariga hamda malakali mutaxassis bo‘lishlariga yordam beradilar. Zamonaviy o‘qituvchilar tibbiyot, tex-nika, iqtisodiyot boshqa soha mutaxassislariga o‘xshab, o‘ziga xos qoida va standartlar asosida ishlaydilar. Boshqa tomondan nazar solganda, o‘qituvchilik ham o‘ziga xos san’at darajasida bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham, har qanday o‘qituvchi o‘quvchi-talabalarga biror bir fan yoki mavzu bo‘yicha ta’lim berayotganida uning «Qanday qilib, qaysi usullar orqali bilim olish jarayonini faollashtirish mumkin?» – degan haqqoniy savolni hal qilish zaruriyati kelib chiqadi. Barcha zamon-larning va mamlakatlarning olim hamda yetakchi mutaxassislari bu haqda ko‘p yillardan buyon bosh qotirib kelgani hech kimga sir emas. Bularning ichida eng inqilobiy va ijobiy fikrni insonlarning bilim olish jarayonini o‘rganish bo‘yicha yirik G‘arb mutaxassisi Blum bildirgan va o‘zining mashhur aktiv (faol) bilim olish tizimi konsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu tuzilma ko‘pincha «Bilim olishning olti pog‘onasi yoki Blum taksonomiyasi» deb ataladi. Bu taksonomiya quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin