Mavzu: Qovurg`alar, to`sh suyaklari va ularning tana bo`limlariga uzaro birikishini urganish.
Darsning maksadi: Qovurg`alar va to`sh suyaklari haqida aniq tushuncha berish, hamda tana bo`limlariga uzaro birikishini tushuntirish.
Qovurg`alar (costae) 12 juft kambar uzun yassi suyaklardan iborat. Xar bir qovurg`a kattaroq bo`ladigan suyak qismi va qovurg`a tog`ayidan tashqil topgan. Qovurg`aning boshchasi, bo`yni va tanasi bo`ladi. Ustki 10 juft qovurg`aning bo`yni bilan tanasi o`rtasida qovurg`a do`mbog`chasi bor.
Qovurg`aning to`sh suyagiga birikadigan oldingi uchi tog`ayga aylangan bo`ladi.
To`sh suyagi yoki to`sh (sternum) yassi suyaklar jumlasiga kiradi. Bu suyak 3 qismdan tashqil topgan: ustki qism-dastasi, o`rta qism-tanasi va pastki qism-xanjarsimon o`simta. Tanasi tashqariga chikib turadigan utmas burchak ostida dastasi bilan tutashgan. Tanasining ustki kirgogida bo`yintiruk uyigi, uning ikki yon tomonida esa o`mrov uyiklari bor. Tanasi bilan dastasining tashqi kirgoklarida 7 tadan uyik bo`lib Qovurg`alar shularga kelib tutashadi.
Kerakli asboblar: plakat, tablica, mulyaj, maket, plakat odam skeleti, odamning qovurg`a va to`sh suyaklari qog`oz,chizg`ich, qalam va o`chirg`ich.
Ishni borishi:Laboratoriya darsi davomida talabalarga Qovurg`alar va tush suyagini tushintirish uchun eng avvalo ularni tuzilishi, vazifasi hamda xususiyatlarini kursatib berish lozim. Buning uchun tajribalar uchun ishlatiladigan odamning Qovurg`a va tush suyaklarini olib talabalar dikkatini jalb qilish kerak sungra suyaklarni tuzilishini, vazifasini birin - ketin aytib beriladi.
Qovurg`alarning tashqi va ustki yuzalari tafovut qilinadi. Qovurg`alarning ichki yuzasida uning pastki bo`ylab ketgan egatcha kurinib turadi,bu Qovurg`a aro tomirlar bilan nervlar o`tadigan joydir.
Qovurg`alar shakli va katta-kichikligi bilan bir-biridan farq qiladi.2 ta ustki va 2 ta pastki Qovurg`a hammasidan kalta bo`ladi.
Tush suyagiyuza joylashganligi tufayli punkciya qilish (maxsus igna bilan teshish) mumkin. Bunda diagnoztika yoki davo maksadlarida govak suyak moddasidan ko`mik olinadi. Sungi vaktda donirlar ragbatlantirilmokda: soglom odamlar uz ixtiyori bilan tushini punkciya kildirib, kasallarga kuchirib utkazish uchun ko`miklarini bermokdalar.
Ko`krak umurtqalari, 12 juft Qovurg`a va tok tush suyagi hamda bularning birikmalari ko`krak kafasi skeletini hosil qiladi.(rasm).
Qovurg`alar uzining orqa uchlari bilan ko`krak umurtqalariga bo`g`imlar yordamida birikadi.Qovurg`alarning boshlari, umurtqalarni tolalari, dumbokchalari esa kundalang usimtalari bilan birikadi. Ulardan hosil bo`ladigan bo`g`imlar aralash bo`g`imlardir, bularda Qovurg`alar yukoriga kutariladi va pastga tushadi.Ustki 7 juft Qovurg`a uzining oldingi juftlari bilan tush suyagiga birikadi.Bular chin Qovurg`alardir . Keyingi 5 juft Qovurg`a soxta Qovurg`a deb ataladi.VIII. IX. X.Juft Qovurg`alar uzlarining tog`aylari bilan bir-biriga –pastdagilar yukoridagilarga birikadi; bular Qovurg`a ravogini hosil qiladi. XI va XII juft Qovurg`alarning oldingi uchlari yumshok to`qimalarda erkin yotadi, bu Qovurg`alar ba’zan tebranuvchi Qovurg`alar deb ataladi.Xullas Qovurg`alar va tush suyaklari bo`g`imlar yordamida uzaro hamda boshqa suyaklar bilan birikadi. Sungra talabalar dars davomida Qovurg`a va tashqil kiluvchi suyaklarini ulchamlarini olib rasmlari chiziladi.