O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi.
Navoiy davlat Pedagogika Instituti.
Ilyasov.A.S
Shodieva O.M.
Odam anatomiyasi fanidan ma’ruza matnlari va laboratoriya mashg`ulotlari to`plami.
(uslubiy qo`llanma)
Navoiy -2005y.
Ushbu uslubiy qo`llanma tibbiyotga aloqador bo`lmagan oliy o`quv yurtlarining biologiya, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, boshlag`ich ta’lim va bolalar sporti, Kimyo ekologiya ta’lim yo`nalishidagi talabalar, tibbiyot kolleji o`quvchilari hamda o`qituvchilari uchun mo`ljallangan.
Taqrizchilar: SamDTI Odam anatomiyasi kafedrasining docenti tibbiyot fanlari nomzodi Jakeshov E. I.
Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik
fakulteti «Umumiy biologiya » kafedrasi docenti
biologiya fanlari nomzodi Shamsidinova G. D.
Ushbu uslubiy qo`llanma Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy kengashining
2005-yil _________________ da bo`lib o`tgan ________sonli majlis qarori bilan tasdiqlangan va chop etishga ruxsat berilgan.
© Navoiy davlat pedagogika instituti
Kirish
O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g`risidagi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish shu bilan birga ta’lim muassasalarida etuk kadrlarni tayyorlash maqsadida ushbu qo`llanma yaratildi.
Ushbu «Odam anatomiiyasi fanidan laboratoriya mashg`ulotlari to`plami» nomli uslubiy qo`llanmada laboratoriya darslariga mo`ljallangan qirqqa yaqin mavzular yoritilgan bo`lib, unda: darsning maqsadi, kerakli jixozlar, ishning borishi hamda ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar alohida ko`rsatilib izohlangan.
Uslubiy qo`llanmada ba’zi bir murakkab laboratoriya mashg`ulotlari bir nechta tajribalarga bo`lib keltirilgan.
Ushbu uslubiy qo`llanmada laboratoriya sharoitida ishlash qoidalari, ularning jihozlari hamda kimyoviy reaktivlar, biologik preparatlar Bilan ishlaganda amal qilinadigan xavfsizlik qoidalari keltirilgan. Shubilan birga laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazishdan oldin mavzuga doir ma’ruza matnlari Bilan boyitilgan.Uslubiy qo`llanmada har xil mikroskoplarda ishlash qoidalari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Ushbu uslubiy qo`llanma O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2003 yilda chop etilgan «Odam anatomiyasi va fiziologiyasi» fanlari dasturi asosida tayyorlangan.Ushbu dasturdagi ko`rsatilgan laboratoriya mashg`ulotlari mavzulari 5140400 biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi bakalavriat yo`nalishidagi talabalar uchun mo`ljallangan. Bu esa uz navbatida talabalarning laboratoriya mashg`ulotlarini dasturga muvofiq mukammal o`zlashtirishlari va o`z navbatida imtihon va bilim nazoratlaridan muvaffaqiyatli o`tishi uchun anchagina qulaylik yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |