Suyaklarning vazifasi. 1-Tayanch vazifasi. Suyaklar organ va tukimalar uchun ustun xisoblanib, tana ogirligini kutaradi, unga shakl berib turadi.
2-Xarakat vazifasi. Suyaklar bir-biri bilan bugim xosil kilib boylamlar yordamida mustaxkamlanadi va muskullar yordamida xarakatga keladi.
3-Ximoya vazifasi. Suyaklar va suyaklar majmuasi (kukrak kafasi, kalla skeleti, umurtka pogonasi) ba’zi a’zalarni tashqi tomondan urab turadi, tashqi ta’surotlardan muxofaza kiladi.
4- Depo (zaxira) vazifasi. Suyaklar mineral tuzlarning zaxirasi xisoblanadi: suyak taribining 70%i mineral birikmalarga tugri keladi.
5- Kon yaratuvchanligi (gemopoez). Bolaning embrional davridan boshlab naysimon suyaklar bushligidagi kizil ilik konning shaklli elementlari (eritrocit, leykocit, trombocitlar)ni xosil kiladi, shu bois suyak kumigi kon yaratishning asosiy (markaziy) a’zosi xisoblanadi.
Suyaklarning rivojlanishi.
embrional davrda suyak tukimasi boshka tukimalarga nisbatan kechrok (6-8 xaftada) mezinxema (embrional biriktiruvchi tukima)dan xosil bulishi aniqlangan. Aksariyat suyaklar paydo bulishi birlamchi, ya’ni suyakning yosh xujayrasi osteoblastlardan paydo bo`lib, bunday suyaklanish endesman (en-ichida, desma- aloka) suyaklanish deyiladi, bunga kalla suyaklari xosil bulishi misol bo`ladi. Suyakning ikkilamch suyaklanishi esa tog`ay tukimasida rivojlanayotgan suyak xujayrasi (yosh ostiocid) paydo bulishi bilan boglik. Bunday suyaklanish perixondrial (peri-old, atrof chondro- tog`ay) suyaklanish deyiladi. Agar tog`ay tukimasini ichidan suyaklanish nuktasi paydo bulsa endoxondrial (endo-ichi, chondro- tog`ay) suyaklanish deyiladi.
Suyaklar arxitektonikasi. Tana skeleti suyaklarning joylashishiga karab kuyidagicha bulinadi:
1. Gavda suyaklari:
A. Umurtka poganasi (33-34 ta umurtkadan iborat)
B. Kovurgalar (12 juft).
V. Tush suyagi
2- Kalla suyaklari:
A. Yuz qismidagi suyaklar: burun, kuz yoshi, yonok, yukori va pastki jag, dimog va tanglay suyaklari.
B. Bosh qismi suyaklari: peshona, ensa, chakka, tepa, ponasimon, galvirsimon suyaklar.
3- Qo`l suyaklari:
A. Elka kamari suyaklari (o`mrov va kurak)
B. Kulning erkin suyaklari (elka, tirsak, bilak va kul panjasi suyaklari).
4- Oyoq suyaklari:
A. Oyoq kamari (chanok) suyaklari: yonbosh, kov va utirgich suyaklar.
B. Oyoqning erkin suyaklari: son, katta va kichik boldir suyaklari, Oyoq panjasi suyaklari.
Skeletning funkcional axamiyatini xisobga olib, uning arxetektonikasini taxlil kiladigan bulsak, unda umurtka poganasi muxim markaziy qismni egallaydi.
Bo`yin umurtkalari ensa suyagi bilan bevosita bugim xosil kilib birikadi, kukrak umurtkalarining kovurgalar bilan birikishi kukrak kafasini xosil kiladi. Uz navbatida kukrak kafasi elka kamari (o`mrov va kurak) suyaklari yordamida kulning erkin suyaklari bilan bugim xosil kilib birikadi.
Dumgaza umurtkalari chanok suyaklari bilan birlashib yaxlit chanokni xosil kiladi. Chanok suyaklarining tanasida xosil bulgan sirka kosasi son suyagining proksimal uchi bilan bugim xosil kilib birikadi. Shu bois umurtka poganasi skeletning negizi deb karaladi.