Kerakli asboblar: Mikroskop, buyum va qoplag`ich oynalar, pinset, vannacha, Petri kosachasi, o`tkir skal’pel’ yoki lezviya, preporoval’ nina, tomizgich, yangi o`ldirilgan baqa yoki biror kichik sut emizuvchi hayvon, suvli idish, suyultirilgan binafsha rang siyoh.
Ishning borishi:1-tajriba. Ichi yorilgan baqa yoki biror kichik sut emizuvchi hayvon terisi ostidagi yumshoq biriktiruvchi to`qimadan pincet bilan chimdib olingan va buyum oynasidagi suyultirilgan siyoh tomchisiga quyiladi, so`ngra qoplagich oyna bilan yopiladi. Preparat mikroskop ostida qaralganda bir-biridan uzoqda joylashgan alohida, juft va g`uj joylashgan har xil shaklli hujayralar va ular orasida tartibsiz joylashgan tolasimon hujayralar aro modda ko`rinadi.
2-tajriba. Baqaning soni yoki elka suyagi ajratib olinib, uning boshchasi bo`g`im haltachasidan tozalanadi. So`ngra suyak boshchasining yuzasi qoplab turgan tog`aydan skal’pel’ yoki lezviya yordamida juda yupqa kesmalar kesib olinib, Petri kosachasidagi suyultirilgan siyohga solinadi. Bo`yalgan tog`ay kesmalaridan eng yupqasi buyum oynasidagi suv tomchisiga ko`chiriladi va qoplagich oyna bilan yopilib, mikroskop ostida ko`riladi. Bunda oval yoki doira shaklidagi yakka, juft va g`uj hujayralar va ular orasida quloq holdagi hujayralararo modda ko`rinadi.
Har ikkala preparatlar mikroskopda kuzatilganda biriktiruvchi to`qima hujayralari bir-biridan uzoqda joylashganligi va ularning orasi hujayra tuzilishiga ega bo`lmagan maxsus moddalar bilan to`lganligi xulosa tarzida ta’kidlanadi.
Ishni rasmiylashtrishga doir tavsiyalar. Birinchi va ikkinchi tajribada ko`rilgan biriktiruvchi to`qima mikroskopda ko`rib izoh bering?
Xarakat va tayanch a’zolar tizimi Odam tanasini xarakatga keltiruvchi a’zolar 2 qismga bulinadi. Birinchisi faol xarakatini vujudga keltiruvchi muskullar, ikkinchisi passiv suyaklar va ularni birlashtiruvchi boylamlardir.
Tayanch va xarakatlar tizimi odam tanasi ogirligining 72,4%ini tashqil etsa shundan 1G’6 qismi suyaklar va 2G’5 qismi esa muskullardan iborat.