Labarotoriyada jihozlar va moddalar bilan ishlaganda amal qilinadigan xavfsizlik qoidalari. Tajriba o`tkazishda baxtsiz hodisalar sodir bo`lishining oldini olish uchun quyidagi havfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish lozim:
Labarotoriya tajribalari va amaliy ishlarni bajarayotgan paytda xonada keraksiz harakatlar qilmang. Bunga o`rtog`ingizga halaqit berishingiz mumkin. Hamma o`z joyida tartib va intizom bilan ishlashi, labarotoriya xonasi keng va yorug` bo`lishi, talabalar bir-birlariga halaqit bermasdan joylashishi lozim.
Ish joyingizni toza tuting. Tajriba bajarish paytida stol ustidagi keraksiz narsalarni chetga olib qo`ying.
Har bir ishni bajarishdan oldin uni bajarish yuzasidan berilgan yo`l-yo`riq bilan yaxshilab tanishib chiqing. Shundan keyingina ishni bajarishga kirishing.
Labarotoriya xonasida ovqat iste’mol qilish yoki labarotoriya stakanidan foydalanib suv ichish qat’iy ta’kidlanadi.
Moddalar va ularning eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo`ling, ular teriga yoki kiyimga tomsa kuydirishi mumkin. Moddalar saqlanadigan idishlarning og`zini ochiq qoldirmang.
Jarohlik asboblari bilan ishlayotganda ehtiyot bo`ling.
Mavzu: Arralagan suyak preparatlarini tayyorlash.
Darsning maqsadi: Suyaklar haqida to`liq ma’lumot berish va arralangan suyak preparatlarni tayyorlashni talabalarga o`rgatish.
Suyaklar tashqi tuzilishiga binoan suyaklar naysimon va yassi suyaklarga bo`linadi. Hamma suyaklar qattiq tig`iz moddadan va g`ovak moddadan iborat. Uzun naysimon suyaklarning tig`iz moddasi suyakning o`rta qimsmini, g`ovak modda uning ikki uchini egallagan. G`ovak modda ichida mayda teshiklar qizil suyak iligi bilan to`lgan.
Har xil arralangan suyaklarni Laboratoriya darsida suyaklarning tuzilishini o`rganish muhim omildir.