Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Yuqorida ko`rsatilgan rasmlarni albomingizga chizing.
Laboratoriya ishi № 2
Mavzu: Suyakning mustahkamligini aniqlash.
Darsning maqsadi: Suyakning ichki tuzilishi hamda uning mustahkamlash haqida to`liq ma’lumot berish. Suyak pishiq biriktiruvchi to`qimadan iborat suyak pardasi bilan qoplangan bu parda suyak moddasi bilan mustahkam birikib ketgan. Suyak ana shu suyak pardasi hujayralarining bo`linishi tufayli yo`g`onlashadi.
Suyaklarning xossalari o`rganilganda ularning mustahkamligi ta’kidlab o`tiladi.
Kerakli asboblar: qo`zi yoki yirikroq qushning son yoki elka suyagi, tosh-tarozi, osma tarozi pallasi.
Ishning borishi: aniqlash uchun olingan suyak yonma-yon turgan stollar o`rtasiga gorizantal holda qo`yiladi. Bunda suyakning bir uchi birinchi stolning chekasiga, ikkinchi uchi esa ikkinchi stolning chekasiga qo`yiladi. Shundan keyin suyakning o`rtasiga tarozi pallasi ilinadi
( -rasm). Palladagi toshlar 1 kg dan boshlab, to suyak singunga qadar ko`payib boriladi va uning qancha og`irlikka bardosh berishi aniqlanadi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Suyaklarni xossalari haqida labarotoriya daftaringizga yozing.
Laboratoriya ishi № 3
Mavzu: Suyakning naysimon bo`lishi va uning ahamiyati.
Darsning maqsadi: Suyaklarning naysimon bo`lishi va naysimon suyaklarning ahamiyati haqida ma’lumot berish.
Suyaklar ikki xil suyaklar guruhiga bo`linadi:
Naysimon suyaklar.
Yassi suyaklar.
Naysimon suyaklar o`z navbatida ikki xil: Uzun naysimon suyaklar: son, boldir, elka bilaklarning tanasining o`rta qismida sariq suyak iligi bilan to`lgan kovagi bor. Ikki uchi esa tog`ay bilan qoplangan kalta naysimon suyaklar oyoq va qo`l panjalarida joylashgan, ushbu suyaklarning o`rtasi naysimon bo`ladi. Bunday tuzilish organizm uchun zarur bo`lgan mustahkamlikni ta’minlaydi. quyidagi tajriba suyakning naysimon bo`lishi va uning ahamiyatini ko`rsatadi.