Mikroskop haqida umumiyma’lumot.
Hujayra ichki tuzilishi, citoplazmadagi xarajatlarni kuzatishda lupaga qaraganda murakkabroq asbob-mikroskopdan foydalaniladi. Mikroskop buyumlarni ming marta va undan ko`p, zamonaviy mikroskoplar esa yuz ming marta kattalashtirib ko`rsatadi. Mikroskop ixtiro qilingach, tirik mavjudodlar, shu jumladan, (o`simliklar) odam organlari hujayralardan tuzilganligini aniq va ravshan ko`rish mumkin bo`ladi. Mikroskop orqali hujayralarni, organlar va organlar sistemalarini tuzilishini ko`rish, o`rganish oson bo`ladi.
Sodda tuzilgan mikroskoplar ko`rish nayiga joylashtirilgan linzalardan iborat. Nayning yuqorigi uchiga kattalashtirib ko`rsatadigan ikkita (qo`sh) linzali okulyar o`rnatilgan. Pastki uchiga bir necha linzali ob’ektiv qo`yilgan va u mikroskopda qo`yilayotgan priparatga yo`naltiriladi. Ko`rish nomi cho`yandan yasalgan og`ir taglikka o`rnatiladi. Nomi burama vint yordamida yuqorigi ko`tarish va pastga tushurish mumkin.
Tagilikka o`rnatilgan o`rtasi teshik buyum stolchasi ko`rish nayining ostida to`g`ri keladigan qilib joylashtirilgan. Bu teshik orqali buyum stolchasi ostidagi ko`zgudan ko`rish nayiga yo`naltirilgan yorug`lik nuri o`tadi. Yorug`lik nuri, o`z navbatida, buyum stolchasi ustidagi buyumni yoritib, so`ngra kattalashtiriruvchi linzalardan o`tadi. Ana shu yorug`lik nuri ta’sirida preparatning kattalashtirilgan tasviri ko`rinadi.
Mikroskopni necha marta kattalashtirib ko`rsatishini bilish uchun ob’ektiv bilan okulyardagi sonlar bir-biriga ko`paytiriladi.
Masalan: okulyar 15x bo`lib, ob’ektiv 40x bo`lsa (15x40), buyum 600 marta kattalashtirilgan holda ko`rinadi.
Hozirgi zamon yorug`lik mikroskoplari ob’ektni 3000 martagacha kattalashtirish imkonini beradi. Yorug`lik mikroskoplari yordamida faqat fiksaciyalangan o`lik hujayralarnigina emas, balki tirik hujayralarni o`rganish mumkin. Tirik hujayralarni o`rganishda faza-konsrast, polyarizacion, lyuminescent mikroskoplardan foydalaniladi.
elektron mikroskoplarning kashf etilishi hujayra tuzilishi to`g`risidagi bilimlarning kengayishiga sabab bo`ladi. elektron mikroskopda yorug`lik o`rniga elektromagnit maydondan foydalaniladi. elektron mikroskop o`rganilayotgan buyumni yuz ming, hatto million marta kattalashtirishga imkon beradi. elektron mikroskop yordamida ilgari ma’lum bo`lmagan hujayralarning tarkibiy qismlari yanada chuqurroq o`rganilibgina qolmay, balki yangi muhim ma’lumotlar ham to`plandi, masalan: ribosomalar, endoplazmatik to`r, mikronaylar kashf etildi, plazmolemmaning nozik tuzilmasi yoki tuzilishi aniqlandi.
Dostları ilə paylaş: |