Mavzu: Bo`yrakning tuzilishini urganish.
Darsning maksadi: Bo`yrakning tashqi va ichki tuzilishi, vazifasi, joylashgan o`rni urganish, hamda dars davomida talabalarda bo`yrakning bajaradigan vazifasiga boglik holda tuzilish xususiyatlari haqida tushuncha hosil qilish.
Bo`yrak (ren, nephros) –korin bo`shliginingorqa devorida korin pardasining ortida bel soxasida joylashgan juft organdir.
Kerakli asboblar: tarelka yoki vanacha,skyal’pel’, lupa, shirin sut emizuvchi xayvon (kuy yoki echki) bo`yragi, plakat, tablica, mulyaj, planshet, maket.
Ishning borishi : Laboratoriya darsi, ma’ruza darsidan foydalanilgan holda olib boriladi. Avvalo bo`yrakning loviyasimon shakli, uning qon tomirlari, nervlari va siydik yuli tutashgan joyi kuzdan kechiriladi. Keyin esa bo`yrakning ichki tuzilishini urganiga utiladi. Buning uchun bo`yrakni chap qo`l ga olib, ung qo`l dagi skal’pel’ bilan uzunasiga simmetriya chizigi bo`ylab kesiladi va ikki bulakka ajratiladi. Bunda kichikrok bo`shlik – bo`yrak joychasi va bo`yrak moddasi kurinadi.Bo`yrak moddasi tuk tusli tashqi katlam va och tusli ichki katlamdan iborat . Tashqi katlam lupa orqali karalganda unda juda kup mayda nuktalar kurinadi. Bu nuktalar qon kapilyarlarining chigallari (tugunchalari) dir.
Dars yakunida bo`yrakning tuzilishi, qon bilan goyat kup ta’minlanishi, barcha organ va to`qimalarda hosil bulgan va qonga utgan oksidlanish va parchalanish maxsulotlarini ayirib kolish hamda ularni organizmda chikarib yuborish funkciyasi haqida xulosa chikariladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Mavzuga oid barcha rasmlarni bo`yrakning kundalangiga kesilgan holdagi kurinishini al’bomingizga chizing.
Laboratoriya №. 16 Mavzu: Bo`yrak shakli, nevronning tuzilishi, siydik kanali, stydik pufagini tuzilishi.
Darsning maksadi: Ayirish sistemasi organlarining kurinishi, tuzilishi, vazifasi va urnashgan o`rni Bilan tanishish hamda ular haqida ma’lumot olish.
Siydik ayrish organlari ikkita buyurakdan, ulardan chikadigan naycha – siydik yuli, siydik pufagi-kovuk hamda chikarish nayidan iborat.