Узбекистон Республикаси Халк таълими вазирлиги


Ishni rasmiylashtirishga oid tavsiyalar



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə37/58
tarix15.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#98580
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Navoiy davlat P

Ishni rasmiylashtirishga oid tavsiyalar:
Al’bomingizga terining kavatlarini aloxida-aloxida kursatib chizing.
Laboratoriya daftaringizga odam terisi xayvon terisidan nimalar bilan farq qilishini hamda uxshash belgilarini yozing.
jjjjjjjjjjjjjjjjjjjQon va qon aylanish sistemasi.


Qon. qon nafas olish organlaridan hujayralarga kislorod etkazib beradi; hujayralardan uglerod gazini olib chiqib ketadi; ovqat hazm bo`lish jarayonida ichakdan qon tomirlariga o`tadigan oziqa moddalarni organizmga tarqatadi; hujayrada hosil bo`ladigan moddalar almashinuvi maxsulotlariniorganizmdan chiqarib yuborishda ishtirok etadi; organilarning o`zaro gumoral bog`lanishini ta’minlaydi; organizmni kasallik tug`liruvchi mikroorganizmlardan himoya qiladi.
Qon, limfa va to`qima suyuqligi organizmning ichki muhitini hosil qiladi. Ichki muhit orqali oziq moddalar va kislorod ovqat hazm qilish va nafas olish organlaridan hujayralarga etkazib beriladi, uglevod gazi va moddalar almashinuvi mahsulotlardan chiqarib yuboriladi.
To`qima suyuqligi. Hujayralar oralig`ini to`ldirib turadigan tiniq suyuqlikdan iborat. Bu suyuqlik qon tomirlari orqali o`tadigan qon zardobidan hosil bo`ladi, shuning uchun uning tarkibi qon zardobiga yaqin bo`ladi. Organizmda 20 l ga yaqin to`qima suyuqligi bo`ladi. To`qima suyuqligi oziq moddalar va kislorodni qondan hujayralarga, uglevod gazi va almashinuv mahsulotlarini hujayradan qancha o`tkazish vazifasini bajaradi. To`qima suyuqligida limfa kapilyarlarning naylari joylashgan. To`qima suyuqligi limfa kapilyarlariga o`ti, limfa suyuqligiga aylanadi. Bu sarg`ish rangli suyuqlik bo`lib, tarkibi qon plazmasiga yaqin bo`ladi, undan oqsil miqdorining kamligi va tananing turli qismlarida bir hil bo`lmasligi bilan farq qiladi.
Qon- suyuq biriktiruvich to`qima bo`lib, suyuq plazmadan va qon hujayralari ya’ni shakliy elementlaridan tashqil topgan. Shakliy elementlari qizil qon tanachalari- eritrocitlar, oq qon tanachalari – leykocitlar va qon plastinkalari- trombocitlardan iborat. Odam organizmida 4,5-5 l qon bo`ladi. 1 mm3 qon tarkibida 4.5-5 mln eritrocitlar, 5-8 ming leykocitlar va 200-400 ming trombocitlar bo`ladi.
eritrocitlar- yadrosi hujayralar bo`lib, citoplazmasida gemoglobin bo`ladi. Gemoglobin tarkibida globulin oqsili va qizil pigment bo`ladi. qonning rang ana shu pigment bilan bog`liq. eritrocitlar 120-130 kun yashab, jigarda va taloqda emiriladi, gemoglobin qoldig`idan o`t pigmenti hosil bo`ladi. eritrocitlar suyakning g`ovak moddasidan qizil ilikning yadrolik hujayralaridan hosil bo`ladi. Etilish davrida ularning yadrosi yo`qoladi.
Leykocitlar- yadrolik, lekin doimiy shaklga ega bo`lmagan hujayralar. qizil suyak iligida va limfatik tugunlarda hosil bo`ladi. Ular 2-4 kun yashab, taloqda emiriladi. Leykocitlar amyobasimon harakat qiladi. Leykocitlar organizmda himoya vazifasini bajaradi. Organizm uchun begona moddalarni qamrab olib hujayra ichida hazm qiladi. I.M.Mechkinov leykocitlarni figocitlar, ular yod moddalarni qamrab olish xususiyatini esa fagocitoz deb ataladi.
Trombocitlar- odam qonida tiniq rangli yumaloq, ovalsimon va noaniq shakildagi tanachalardir. Tez alglyutinciyaga uchrashi sababli qon surtmalarida qon guruh-guruh bo`lib uchraydi. Bu esa ularni miqdorini sanashga qiyinchilik tug`diradi.
Trombocitlar qonning ivuvchanlik jarayonida qatnashadi. Bunda ular tezda bir-biriga yopishib fibrik tolalari hosil qilishi bilan harakterlanadi. Trombocitlar 5-8 kungacha yashaydi.
qon aylanish. qon aylanish qonning yurak-qon tomirlari sistemasi bo`ylab harakatidan iborat. qon aylanish sistemasi orqali qon kislorod, oziq moddalar, suv, meneral tuzlar, vitaminlar, garmonlarni tanadagi turli organ va to`qimalarga etkazib beradi, moddalar almashinuvi mahsulotlarini organizmdan chiqarib tashlanadi. qon aylanish sistemasi organilari: yurak, arteriya, vena va kapilyar qon tomirlaridan iborat.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin