Узбекистон Республикаси Халк таълими вазирлиги


Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə39/58
tarix15.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#98580
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Navoiy davlat P

Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Odam tanasida kancha shakilli elementlar borligi haqida labarotoriya daftaringizga yozing.


Laboratoriya ishi № 19


Mavzu: Yurak tuzilishi bilan tanishish.
Darsning maqsadi: yurakning ichki va tashqi tuzilishi bilan tanishish. Hayvon yuragi misolida odam yuragi haqida aniq tushunchalar berish.
Yurak qon aylanish sistemasining markaziy organi, u qonni organizmdagi tomirlar bo`ylab harakatini ta’minlaydi. Yurak venalardan o`ziga kelayotgan qonni arteriyalarga ritm bilan haydab chiqarish yurakning vazifasidir.
Labarotoriya darsida talabalarga ho`l holatdagi priparatni ko`rsatish ko`zda tutilgan. Bundan maqsad talabalarda sut emizuvchi hayvon yuragi misolida odam yuragining to`rt kamerali tuzilishi, yurak klapinlarining roli, shakli bilan vazifasining birligi to`g`risida tasavvur hosil qilishdan iboratdir. Ho`l priparat bo`lmaganda ko`rsatish uchun biror yangi so`yilgan yirik sut emizuvchi hayvon yuragidan foydalanish mumkin.
Kerakli asboblar: qora mol yoki yirik qo`y yuragi (qushxona boshqa joydan olinadi), tarelka, skal’pel’, pincet, qaychi, yurak muyaji.
Izoh: Shu uchun olinadigan yurak mumkin qadar shkaslanmagan va tomirlar tagi kesilmagan bo`lishi kerak.
Ishning borishi: Dastlab yurak mulyajiga qarab yurakning tashqi tuzilishi, bo`lmachalar va qorinchalari, yurakka qon olib keluvchi tomirlar o`rganiladi, keyin esa hayvon yuragi bevosita o`rganiladi. Bunda yurakning asosi va uchi, bo`lmachalari va qorinchalari ko`zdan kechiriladi. Yurak qorinchalari devorini barmoq bilan ushlab ko`rib uning o`ng va chap qorinchalari aniqladi (yurakning chap qorinchasi o`ng qorinchasiga qaraganda qalinroq bo`ladi). Yurakning o`ng va chap bo`lmachalari ham ko`rinadi. Keyin aorta va kovak venalar, o`pka venalari va o`pka arteriyasi topiladi. Aorta chap qorinchadan, o`pka arteriya esa o`ng qorinchadan boshlanadi. Kovak venalar o`ng bo`lmachaga, o`pka venalari esa chap bo`lmachaga ochiladi.
Yurakning ichki tuzilishini ko`rsatish uchun uni bo`yiga qorinchalari ikkiga ajratib turuvchi to`siqqa nisbatan perpendiqo`l yar holda kesiladi. Bunda pardasimon tabaqali va yarim oysimon klapanlar hamda ularning joylashishini ko`riladi.
Kuzatish yakunida odam yuragi ham sut emizuvchi hayvonlardagi kabi qonus shaklida bo`lib, muskul li qopchiqni eslatishi, yurak muskul i yaxlit to`siq orqali ikkiga o`ng va chap qismga bo`linganligi, har bir qism o`z nabatida bo`lmachalar va qorinchalardan iboratligi, bo`lmachalar devori qorinchalarnikiga qaraganda yupqaligi chap qorinchaning devori o`ng qorinchaniqiga qaraganda qalinligi, bu hol ularning bajaradigan vazifalariga bog`liqligi haqida hulosa chiqariladi. Shuningdek qonning bir yo`nalishida oqishi yurak klapinlarining harakati bilan ta’minlanishi o`qtiriladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin