Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Yurakning ichki tuzilishini tushuntirib bering, pardasimon tabaqali va yarim oysimon klapinlar hamda ularni joylashishini rasmga qarab tuzuntiring?
Laboratoriya № 20.
Mavzu: Vena qon tomirlari, ularning tarmoklari. Yukori va pastki kovak venalarini tuzilishi.
Darsning maksadi. Vena qon tomirlari, ularning tarmoklarini tuzilishi vazifasi, joylashgan o`rni haqida tulik ma’lumot berish.
Tomirlar sistemasida aytilganidek, arteriyalar yurakdan aorta va upka arteriyasi bo`ylab yunalib, mayda tolalarga, sungra kapilyarlarga o`tadi. Venalar kapilyarlardan yigilib, yiriklashadi va oxiri yurakka kuyiladi.
Kerakli asboblar: plakat, tablica, mulyaj, planshet, maket, qog`oz, qalam, o`chirg`ich, chizg`ich, hamda kley.
Ishning borishi: Laboratoriya darsi ma’ruza darsida foydalanilgan holda olib boriladi. Mavzuga oid maket, plakat, tablica, mulyaj, planshetlar orqali talabalarga tushuntiriladi.
Vena qon tomirlarining devori arteriya qon tomirlariga uxshab 3 kavatdan tuzilsa-da, yupka bo`ladi.Vena qon tomirlari yuza ( teri ostida ) va chuqur ( arteriyalar bilan birga ) yunaladi. Venalarning tuzilishidagi Yana bir farq-ularning kup qismida kopka ( klarap) lar bo`lib, ular yurak tomon yunalayotgan qonning teskari okishga yul kuymaydi. Vena klapaklari ochik tomoni yurak tomonga karagan chuntakka uxshab tuzilgan.
Venada qonning yurishida muskul larning qisqarishi, anonevrozlar, ko`krak kafasidagi manfiy bosim va nixoyat, yurakning qisqarib – kengayishi kata ahamiyatga ega .
Odatda, venalar yuldosh arteriya nomi bilan ataladi. Masalan, son arteriyasi bilan yunalgan vena son venasi deb ataladi.
Yukori yurak vena 6-8 sm uzunlikda bo`lib, koks oraliining oldingi bulagida ung va chap tomondagi elka – bosh venalarning kushilishidan hosil bo`ladi. Bu vena pastrokka tushib yurak xaltasidan utib, yurakning ung bulmachasiga kuyiladi. Kuyilish joyidan bir oz yukorirokda tok venani kabul qiladi. Yukori kovak vena devorida muskul tolalari ham uchraydi, klapaklar bulmaydi.