1.3. Don mahsulotlarini saqlash borasidagi dolzarb vazifalar.
Xalq xo`jaligi va iste`molchilar manfaatini kuzda tutib don mahsulotlarini
saqlash borasida kuyidagi masallalar ilgari suriladi.
1. Don mahsulotlarini nobud kilmasdan yoki massasi bo`yicha minimal
yukotish bilan saqlash.
2. Don mahsulotlarining sifatini yomonlashtirmasdan saqlash.
3. Saqlashda don mahsulotlari sifatini oshirish.
4. Don mahsulotlarini saqlashda mexnat sarfini kiskartirish.
1.4. Don mahsulotlarini nobud kilmasdan yoki massasi bo`yicha minimal
yukotish bilan saqlash.
Mahsulotni nobud kilmasdan yoki massasidan minimal yukotish bilan saqlash -
birinchi vazifa. Nobudgarchilik mexanik va bioligik
tabiatni namoyon qiladi. Saqlash paytida miqdor va sifat bo`yicha sodir
bo`ladigan
nobudgarchiliklar
sxemasi
1-rasmda
berilgan.Fakat
ayrim
nobudgarchiliklar mukarrar bo`lib,boshqalari esa noto`g`ri saqlash oqibatida yuzaga
keladi. Mukarrar(bulishi turgan gap) mexanik nobudgarchilik hisobga olinmagan don
changi bo`lib,u don va don mahsulotlarini bir joydan ikkinchi joyga kuchirayotganda
yuzaga keladi. Saqlashda donning nafas olishi vaktida kuruk moddalarning yukolishi
birdan-bir biologik tartibdagi oklanadigan nobudgarchilik hisoblanadi.
Birok oxirgi ikki kurinishdagi nobudgarchiliklar saqlashni to`g`ri yulga
kuyganda juda sezilarsiz darajada bo`lib,bir yilda mahsulot massasining 0,3....0,4%
ini tashkil qiladi.Fakat shu nobudgarchiliklar tabiatidan kelib chikkan holda,don va
don mahsulotlarini saqlashda va tashishda ruy beradigan tabiiy yukolish me`yori
urnatiladi.
To`g`ri tashkil qilingan saqlash jarayoni don mahsulotlarining sochilishi,
qushlar, kemiruvchilar va zararkunandalar tomonidan kirilishi, uz-uzidan kizishda va
mikroorganizmlar rivojlanishidan yuz beradigan massa yukolishining oldini olishga
imkon beradi.
Yuqorida ko`rsatilgan sabablar bo`yicha yuzaga keladigan nobudgarchiliklar
oklanmaydi, binobarin, bularga yul kuyib bulmaydi.
Dostları ilə paylaş: |