4
KIRISH
Barcha yetishtirilgan hosilni saqlash va undan to`g`ri foydalanish hozirgi
kunda xalq xo`jaligi oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo`lib hisoblanadi.
Boshoqli dondan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari (non, yorma, makaron va
boshqalar) inson hayoti uchun zarur bo`lgan muhim iste`mol mahsulotlarini tashkil
qiladi. Bundan tashqari boshoqli, dukkakli va moyli o`simliklarning doni va urug`i
inson hayotida juda katta rol’ o`ynaydi.
Dunyoda oziq-ovqat iste`moli bo`yicha tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, 50%
oqsil moddalari, 70% uglevodlar va 15% yog` moddalari don va urug`lardan olinadi.
Don mahsulotlari etishtirishning mavsumiyligi sababli yil bo`yi ulardan turli
maqsadlarda foydalanish uchun saqlash zaruriyati tug`iladi.
Jaxon miqyosida ko`p asrli tajriba shuni ko`rsatadiki, donni saqlash katta va
murakkab ish. YEr yuzida don va dondan olingan mahsulotlarning yetishmasligiga
qaramasdan, ularning ancha qismi saqlash davrida nobud bo`ladi va natijada kishilar
talabini qondirishgacha yetib bormaydi.
FAO (Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi bo`yicha butunolam tashkiloti) ning
ko`rsatkichi bo`yicha saqlash mobaynida har xil sabablarga ko`ra don mahsulotlari
massasining kamayishi 10...15 % ni tashkil qilib, bunda saqlanayotgan mahsulotlar
sifati xiyla pasayadi.
Yuqorida ko`rsatilgan tsifrlar O`RTAcha bo`lib, ko`pgina davlatlarda bu
ko`rsatkichlar boshqacha shaklni nomoyon qiladi. Masalan, ko`pgina Afrika qit`asi,
janubiy - sharqiy Osiyo regioni mamlakatlarida donning isrofi 30% va undan
yuqoriroqni tashkil qiladi. Salqin klimatli, yetarli texnik bazaga hamda malakali
muxandis xodimlarga ega bo`lgan davlatlarda esa don mahsulotlari isrofi
1....5% ni tashkil qiladi.
Bizning davlatimizda har don va boshqa shu guruhga kirgan mahsulotlarni
saqlashda isrofgarchilikni bartaraf qilishga imkon beradigan vositalar mavjud.
Saqlash jarayonida progressiv texnologiyani qo`llash, ishlab chiqarishni malakali
xodimlar bilan ta`minlash, kerakli ximikatlardan foydalanish shular jumlasidandir.
"Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi" kursi nafakat texnologik
fanlar, balki texniko-iqtisodiy fanlar jumlasiga har kiradi. Uning asosiy maqsadi -
donni va undan olingan mahsulotlar (un, yorma va omixta em)ni saqlashda hamda
xalq xo`jaligining muhim vazifalaridan biri bo`lmish don resurslarini oshirishda
kelajak mutaxassislarga yordam berishdan iborat.