1.2. Don va don mahsulotlarini saqlashda nobudgarchilikka olib keladigan
sabablar
Donning isrof bulish sabablarini bilmaslik va saqlash davrida don sifatining
pasayishi katta nobudgarchilikka olib keladi.
Bu nobudgarchilik esa uz navbatida galla hosildorligini oshirishga karatilgan
qishloq xo`jalik ishlab chiqarish yutuklarini yukka chikaradi hamda hosilni etishtirish
va yigib-terib olishga karatilgan mexnatni kadrsizlantiradi.
Donni saqlash jarayoni bu don ishlab chiqarishdagi oxirgi boskich bo`lib bu
fan don va saqlash ob`ekti bulmish don uyumining xususiyatlarini, shuningdek
donning holatiga ta`sir ko`rsatuvchi fizikaviy, kimyoviy va biologik omillarni
urganadi.
Don uyumida ruy beradigan xodisalarning konuniyatlarini bilish donni miqdor
va sifatiy saqlanishini ta`minlash uchun kerak bo`lgan ilmiy asoslangan chora-
tadbirlarni qo`llashga imkon beradi.
Don va don mahsulotlarini saqlash boshqa mahsulotlarni saqlash singari katta
moddiy-texnika bazasi va shu soxa bo`yicha puxta bilimga ega bo`lgan mutaxassis
kadrlarni talab qiladi.
Don va don mahsulotlari katta partiyalarini saqlashni tashkil qilishning
murakkabligi ularning fiziologik va fiziko-kimyoviy xususiyatlari bilan boglikdir.
Don tirik organizm bo`lib, unda turli xil hayotiy jarayonlar kechadi; bu
jarayonlarning jadalligi tashki muxit sharoiti bilan boglikdir.
Agar tashki muxit sharoiti don xujayralaridagi modda almashinuviga yaxshi
ta`sir ko`rsatsa, bu suzsiz don sifatini yomonlashtirib miqdoran kamayishiga olib
keladi.
Don mahsulotlarini saqlashdagi talaygina kiyinchiliklar shu bilan boglik bo`lib,
kaysiki ularning insondan boshqa har "iste`molchilari" mavjudligidadir.
Bundan kelib chikadiki, mikroorganizm va zararkunandalar ta`siri natijasida
mahsulot miqdoran kamayib sifati yomonlashadi. Don mahsulotlarini saqlash talabga
muvofik tashkil qilinmasa, kemiruvchilar (kalamushlar, sichkonlar) va qushlar donni
kirishadi va iflos qilishadi.
Bundan tashqari saqlash davrida un va yormada yuz beradigan maxsus holatlar
har ularning haridorbop xossalarini o`zgartiradi. Va nixoyat, barcha don
mahsulotlarining miqdor va sifati ularning fizik xossalari oqibatida o`zgarishi
mumkin.
SHunday qilib, saqlanadigan mahsulotlarning tabiatidan va yuzaga keladigan
nobudgarchilikdan, ularni biotik muxit omillaridan ximoya qilish, shuningdek don
xujayralarida kechadigan jadalmodda almashinuviga qarshilik ko`rsatadigan sharoitni
yaratish zaruriyatdir. Bu masalani fakat mahsulotni saqlash uchun tayorlab va
saqlashning ma`lum shart-sharoitlarini yaratibgina hal qilish mumkin.
Bularning hammasini don mahsulotlarining xossalarini hisobga olgan holda
kerakli asbob-uskuna va kurilmalar bilan jixozlangan saqlash joylarni hozirlab
amalga oshirish mumkin.
|