Foydalanilyotgan adabiyotlar:
1. Jidko V.I., Rezchikov V.A.,Ukolov V.S. Zernosushenie i zernosushilki. M.
Kolos, 1982 g.
2. Trisvyatskiy L.A. Xranenie zerna, M., Agropromizdat, 1986 g.(7-12 betlar)
3. Xaitov R.A., Zuparov R.I., Radjabova V.E., SHukurov Z.Z. Don va don
mahsulotlarining sifatini baxolash hamda nazorat qilish, T. Universitet,
2000 y. (75-78 betlar)
4. 1- plakat.
1.1. Don va don mahsulotlarini saqlash xo`jaliklari.
Mamlakatimizda don, urug` va ulardan qayta ishlab olingan mahsulotlar davlat
va jamoa xo`jaliklarida, urug`chilik stantsiyalarida, elevator, don qabul qilish
korxonalarida, tarqatish bazasida, tegirmon, yorma, omixta em zavodlarida,
shuningdek non va makaron zavodlarida, kraxmal, pivo va spirt ishlab chiqarish za-
vodlarida saqlanadi.
Davlat galla zapaslarini tuplash, joylashtirish, ularga ishlov berish, saqlash,
markazlashgan holda foydalanish va xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarini don
mahsulotlari bilan ta`minlashdagi muhim masalalar donni qabul qilish va uni qayta
ishlash korxonalari zimmasiga yuklangan. SHuningdek, bu korxonalar urug`lik, duk-
kakli, moyli o`simlik va em-xashak o`tlari urug`larini qabul qilish, tarqatish va ularga
ishlov berish amallarini ham bajarishadi.
Aholini uzluksiz non, makaron mahsulotlari va yorma bilan ta`minlash uchun
tegirmon va yorma zavodlarida ishlab chikariladigan un va yorma zaxiralari talab
qilinadi. Zaxiralarning asosiy qismlari yuqorida ko`rsatilgan zavodlarda saqlanadi.
Un va yorma zaxiralari qayerda saqlanishdan qat`iy nazar, ulardan to`g`ri foy-
dalanish muhim davlat ishlaridan biri bo`lib hisoblanadi.
|