8.6. Unning zichlashuvi va jipslashuvi.
Idishda yoki uyumda saqlanayotgan unda jipslashish deb ataluvchi zichlashuv
jarayoni yuzaga keladi. Birok un massasining strukturaviy o`zgarishini zichlashish va
jipslashish jarayonlariga ajratsa to`g`ri bulardi.
Unning zichlashuvi - har kanday un massasida uchraydigan tabiiy fizikaviy
jarayondir. U unni koplab-kadoklagandan sung dastlabki davr ichida uzining xususiy
massasi evaziga zichlashishidan dalolat beradi.
Zichlashuv natijasida un uziga xos bo`lgan okuvchanlik xususityaini
yukotmaydi va bushatishda haltadan yoki silosdan bemalol tukilaveradi. Saqlash joyi
va muddatidan boglik holda unning zichlashish darajasi turlicha bulishi mumkin.
Unning jipslashuvi - nokulay sharoitda kechadigan zichlashishdir. Bunda
unning okuvchanligi keskin kamayadi. Tuqilishi kerak bo`lgan un massasi seprilib
tukilmasdan, balki katta parchalar bilan tusha boshlaydi, ularni maydalash uchun
ma`lum miqdorda kuch sarf qilinadi. Ayrim bir nokulay saqlash sharoitida jipslashuv
katta un harsanglarining hosil bulishi bilan yuzaga keladi.
Jipslashish shtabellarda vakt-vakti bilan kuzgatilmasdan uzok saqlangan
unlarda paydo bo`ladi. Jipslashish jarayoniga unning namligi katta ta`sir ko`rsatadi.
Namligi 15 % bo`lgan un tezrok va ko`prok darajada jipslashadi. Namligi 10...12 %
bo`lgan un to`g`ri saqlanganda xatto uzok muddat (olti oydan bir yilgacha bo`lgan
vakt)da har shtabelning pastki katori haltalaridagi un har jipslashmaydi. 14...15 %
namlikka ega bo`lgan unda jipslashish 3...4 oy utgandan keyin yuzaga keladi.
Jipslashgan nam un biroz kuritilganda, uning bulaklari mustaxkamligi ortadi.
Barcha teng sharoitlarda saqlangan navli un jaydari unga nisbatan tezrok
jipslashadi.
Jipslashish jarayoni siloslarda saqlangan unda ancha tezrok yuzaga keladi.
Agar boshqa nokulay jarayonlar yuzaga kelmasa, jipslashgan un sindirib
maydalangandan sung normal sifatli undan fark kilmaydi.
Unning jipslashuvi urinsiz jarayondir, chunki uni sindirib maydalash uchun har
ancha kuch sarf qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |