Kognitiv soha: 4- va 8-sinflar Kognitiv o‘lchov TIMSS 2019 uchun ishlab chiqilgan topshiriqlarni
bajarishda amalga oshiriladigan aqliy jarayonlarni tasvirlaydigan uchta sohaga
bo‘linadi: bilish, qo‘llash, mulohaza yuritish.
Bilish Ushbu sohadagi test topshiriqlari o‘quvchilarning faktlar,
munosabatlar, jarayonlar, tushunchalar va jihozlar to‘g‘risidagi bilimlarini
baholaydi. Aniq va keng qamrovli faktlarga asoslangan bilimlar o‘quvchilarga
ilmiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan yanada murakkab bilish faoliyatini
muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.
Yodga olish / Aytib berish Faktlar, munosabatlar va tushunchalarni aniqlash yoki
bayon etish; muayyan organizmlar, moddalar va jarayonlarning
xususiyatlarini aniqlash; ilmiy metodlar va jihozlardan
maqsadga muvofiq foydalanishni aniqlash; ilmiy lug‘at,
belgilar, qisqartmalar, birliklar va shkalalarni bilish va ulardan
foydalanish.
Tasvirlash Organizmlar va moddalarning xususiyatlari, tuzilishi va
funksiyalari hamda organizmlar, moddalar, jarayonlar va
hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarning tavsiflarini ta’riflash
yoki aniqlash.
Misollar keltirish O‘ziga xos muayyan xususiyatlarga ega bo‘lgan
organizmlar, moddalar va jarayonlarga misollar keltirish yoki
aniqlash; faktlar yoki tushunchalarni tegishli misollar bilan
bayon qilish.
Qo‘llash Ushbu sohadagi test topshiriqlarida o‘quvchilardan faktlar, munosabatlar,
jarayonlar, tushunchalar, jihozlar va metodlar to‘g‘risidagi bilimlarni qo‘llashlari
so‘raladi.
Taqqoslash/ Qarshi qo‘yish/ Tasniflash Organizmlar
guruhlari, moddalar
yoki jarayonlar
o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash yoki tavsiflash;
alohida obyektlar, moddalar, organizmlar va jarayonlarni o‘ziga
xos xususiyatlari asosida bir-biridan farqlash, tasniflash yoki
saralash.
Bog‘lash Tabiiy fanlarga oid asosiy ilmiy tushunchalarni bilishni
obyektlar, organizmlar, moddalarda kuzatiladigan yoki taxmin
qilinadigan xususiyat, xulq-atvor yoki ulardan foydalanish bilan
bog‘lash.