Avvalalari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan
foydalanuvchi is’temolchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo’lsa, bugungi kunda
ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o’zgaradi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni
tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o’z talablarini qo’ya oladi. Shu bilan birga
sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab etishtirish yo’lida uzluksiz
ta’lim hamda
fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy – texnik jihatdan qo’llab –
quvvatlash majbariyatini o’z zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar tayyorlash
tizimining faol ishtirokchisiga aylanadi.
Milliy model Konsepsiyasining mazmuni o’zbek xalqining milliy turmush
tarzi va ma’naviy – axloqiy an’analari bilan hamnafasdir. Zero,
xalq orasida
qadimdan “ma’rifatli inson” tushunchasi qo’llanib kelingan bo’lib, u o’zida keng
ma’noni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo’lish o’zbek xalqi,
millatining ruhiyatida ustivor o’rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatchilik –
faqatgina bilim va malakaga ega bo’lish emas, ayni paytda chuqur ma’naviy axloq
hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar
namoyon bo’ladi.
Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy
modelining butun mohiyati
o’zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog’lanib ketgan.
O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy
salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda.
Chunonchi, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
quyidagilarni qayd etadi: “Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql –
idrokini o’stirish, ma’rifat
ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar,
haqiqiy fuqaro sifatida etishtirish uchun,
eng avvalo, tarbiyachining ana shunday
yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi
kerak”.
1
Dostları ilə paylaş: