Tadqiqotning ob`ekti: uzluksiz ta’lim jarayonida pedagogik faoliyatida
shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini o`rganish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti: uzluksiz
ta’lim
jarayonida
pedagogik
faoliyatning shart-sharoitlarni o`rganishning mazmuni, shakl, metod va vositalari.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy metodologik asosini mustaqil
O`zbekiston Respublikasida amal qiladigan uzluksiz ta`lim-tarbiya tizimining
nazariy asoslari, qonuniyat va prinsiplari, o`ziga xos yo`nalishlari ta`lim-tarbiya
jarayonining shakllanishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o`rgatuvchi fanlar, Jahon
va Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini mujassamlashtirgan manbalar, ilmiy
asarlari, sharqona ta`lim-tarbiya vositalari va metodlarini o`z ichiga olgan
manbalar, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston
Respublikasining «Ta`lim to`g`risda»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi», «2004-2009 yillarda maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy
dasturi», dialektik bilish nazariyasi e`tirof etiladi.
Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi : tajriba-sinov ishlari
Jizzax shahridagi ……………….….. - umumiy o`rta ta`lim maktablarida,
………………………. olib borildi.
Ishning birinchi bobi uzluksiz ta’lim jarayonida pedagogik faoliyatning
metodologik asoslari
masalasiga bag`ishlangan. Tadqiqotning ushbu qismida
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” pedagog faoliyatining nazariy asosi, Sharq va
g’arb mutafakkirlarining ta’limotlarida shaxs kamolatiga pedagogning o’rni
asoslanganligi, uzluksiz ta’lim jarayonida o’qitish faoliyati mazmuni bilan uzviy
bog’liqligi ham o`rganilganligi e`tiborlidir.
Ishning ikkinchi bobi pedagogik mahorat ta`lim-tarbiya jarayonining
bosh mezoni sifatida
masalasiga bag`ishlangan. Tadqiqotning ushbu qismida
ta’lim jarayonida pedagogik faoliyatning usullari, o’qituvchining pedagogik
mahorati va texnikasi - umumiy pedagogik faoliyat yig’indisi sifatida, o’qituvchi
faolyatida muloqot madaniyati va uning tashqi qiyofasining amaliy ahamiyati,
ochib berishga bag`ishlangan.