Yevropa kredit tizimida birinchi bosqichda (bakalavriat) talaba 180 kreditdan 240 kreditgacha to‘plashi mumkin.
Ikkinchi bosqichda (Magistr) 90-120 gacha kredit yig‘ish imkoniga ega.
Kredit tizimining asosini albatta reyting ball tizimi tashkil etadi.
Kredit tizimi o‘z navbatida reyting ballari asoslanadi. Yevropa kredit jamlash tizimida balli reyting tizimi qabul qilingan. U ikki tuzilmaga bo‘linadi:
O‘rganilgan kurs bo‘yicha o‘qituvchining bahosi. U 70 balldan oshmasligi kerak.
Yakuniy imtihon ballari . U maksimal 30 ballni tashkil etadi.
Jamlangan ballar o‘zlashtirish ko‘rsatkichi sifatida qabul qilinadi.
Lekin tajribalar shuni ko‘satdiki, barcha fanlarning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda reyting ballari turlicha taqsimlanishi mumkin. Turli faoliyat turlariga turlicha ballarni taqsimlash lozim (auditoriya soatlari, nazaorat ishlari, kurs ishlari,labarotoriya ishlari, amaliy faoliyat,manbaaalarni o‘rganish,ilmiy tadqiqot ishlari va b.).
Reyting ballarini taqsimlash jarayonida har bir faoliyat turining murakkablik darajasiga qarab ball taqsimlanadi. Ushbu taqsimotni o‘tkazishda xar bir faoliyatning harakatlar tizimini (qadamlarini) ishlab chiqish va ana shu harakatlar tizimiga ballarni taqsimlab chiqish lozim. Bu o‘zlashtirish qadamlarida ballar taqsimoti ko‘rsatilgan jadval talabalarga taqdim etiladi va talabalar o‘z faoliyatini mustaqil baholash imkoniga ega bo‘ladi. Masalan bitta labarotoriya ishini bajarish 9-18 ball, ma’lum masalani hal etish 4-7 ball bilan baholanishi mumkin. Ba’zan, barcha mutahassislik fanlari uchun 100 ballik tizim to‘g‘ri kelmasligi mumkin, chunki bajariladigan faoliyat turlari ko‘p. Shunga qaramasdan yig‘ilgan jami ballarni 100% deb hisoblab, yagona kreditga moslapshish mumkin. Ballarni foyizlarga o‘tkazayotganda ham 70% va 30% muttanosiblik saqlanib qolishi lozim.
Majburiy faoliyat turlariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish kiritilgan va bu 1 ball bilan baholanadi. Bu auditoriya darslarda ishtirok etishga stimul bo‘lib xizmat qiladi, ammo majburiy emas. U o‘rtacha 10% ballarni tashkil etadi. 60% balarl esa o‘zlashtirish ko‘rsatkichini ko‘rsatadi. Ammo, har bir universitet o‘zining reyting reglamentlarini o‘rnatish xuquqiga ega. Bu tanlangan reyting reglamentlari yevropa kredit tizimining diapazoniga mos tushishi kerak (A-YE). U quyidagicha A- ( a’lo) bahoni o‘rtacha 10% talaba, V- (juda yaxshi) bahoni 25% talaba, S- (yaxshi) bahoni 30% talaba, D- (qoniqarli) 25% talaba, YE- (o‘rtacha) 10% talaba olishi lozim. Ushbu ko‘rsatkichdan og‘ishlar ortiqcha yoki yumshoqlik, yoki ortiqcha talabchanlikni ko‘rsatadi. Tajribalar zachet birliklarini amaliyotga kiritish besh ballik tizimdan samaraliroq ekanini ko‘rsatdi. Chunki, ma’lum o‘tish ballarini yig‘ish uchun talaba bir qancha faoliyat turlari bo‘yicha ma’lum harakatlar tizimini bajarishga majbur. Bu tizim talabalarni o‘z taraqqiyotini ko‘rishga va baholashga, o‘rtoqlarining taraqqiyotini kuzatishga imkon yaratadi. Eng muhimi talaba o‘zining individual o‘qish dasturini tuzadi, bu esa Balloniya deklaratsiyasining talablaridan biridir.
Reyting ballari bir qancha turlarga bo‘linadi:
1.Joriy reyting ballari-talaba modulni o‘rganishi jarayonida bajaradigan barcha faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi.
2.Nazorat reyting balari - modul bo‘yicha bilimlarni tekshirishga va natijalarni tahlil qilishga qaratilgan.
3. Yakuniy reyting ballari-joriy va nazaorat ballarining yig‘indisidan iborat bo‘lib, modulni o‘zlashtirilganligi haqida ma’lumot beradi.
4. Semestrning yakuniy modul reyting ballari –semestr davomida o‘zlashtirilgan barcha modullar bo‘yicha to‘plangan balalarni o‘zida aks ettiradi.
5. Imtixon reyting ballari- imtixonda yig‘ilgan ballarni yoki yetarli bo‘lsa, joriy va nazorat ballaridan tashkil topishi mumkin.
6. Yakuniy semestr reyting ballari- semestrning yakuniy modul reyting ballari va imtixon reyting ballarini yig‘indisi sifatida tashkil topadi.
1-jadval. Reyting ballarini kreditdagi ifodasi.