Tahsil oluvchilarga test topshirig‘ining bajarish bo‘yicha bir xil ko‘rsatma berilishi;
Bugungi kunda xorij tajribasida assesment nazorat metodi, blok so‘rov metodlari ham keng tarqalmoqda.
Blok so‘rov metodi ham talabalarni guruhlarda faol qatnashishlarini talab etuvchi, ijodkorlikni va mustaqil fikrni rivodlantirishga qaratilgan nazorat turidir.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, modulni nazaoaratlar banki nazoratning tuli shakllaridan foydalangan holda tezkor o‘tkazish imkonini beruvchi va maqsadga yo‘nalgan bo‘lishi lozim.
5.Ta’lim oluvchilarning mustaqil faolyaitni tashkil etish bo‘yicha xorij tajribasi 5.1.Auditoriyada talabalarning mustaqil faoliyatini tashkil etish. Mustaqil faoliyat muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan hamda talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni amalga oshirishga hizmat qiladi, o‘qituvchi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriyada yoki auditoriyadan tashqarida bajariladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib quyidagi sxemada keltirilgan mustaqil ish turlari bo‘yicha topshiriqlar ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Talaba tomonidan mustaqil ravishda javob yozishni ( referat yoki hisobot shaklida) talab etuvchi savollar ishlab chiqiladi. Talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar ishlab chiqiladi. Mustaqil ishlarni uch turga ajratish mumkin:
Yozma mustaqil topshiriqlarga quyidagilar kiradi: hisoblash uchun berilgan vazifalarni bajarish, umumlashtiruvchi va takrorlanuvchi jadvallarni to‘ldirish, texnologik xaritalarni ishlab chiqish, laboratoriya, amaliy ishlar to‘g‘risida hisobotlar tuzish, turli organayzerlar aosisda talabalar faoliyatini tashkil etish va b.
Grafik mustaqil topshiriqlarga quyidagilarni kiritish mumkin: turli loyihalarni tayyorlash chizmachilik ishlarini eskizlashtirish, kesmalar va kesishmalarni tasvirlash, (ayrim detal va tugunlarni chizib ko‘rsatish va x.z), sxemalar, grafiklar, diagrammalarni tuzish, kuzatish natijalarini tasvirlash va shunga o‘xshash vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Amaliy harakterdagi mustaqil topshiriqlarga quyidagi vazifalarni kiritish mumkin: O‘quvchilar pedagog topshirig‘i asosida mustaqil ishni bajarish jarayonida buyum va mahsulotlarni tayyorlash, jihoz va asbob-uskunalarni ta’mirlash, mahsulotga ishlov berish, hisoblash, yangi moslamalarni loyihalash, maket va modellar, namunalar tayyorlash kabi ishlarni amalga oshiradilar.
Mustaqil ishlarni individual - didaktik maqsadlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan ham 4 guruhga ajratish mumkin:
1) Bilimlarni dastlabki shakllanishiga, idrok qilishga undaydigan vazifalar. Bunda o‘quvchilarmaqsadga erishishi uchun nima talab qilinishini bilishi lozim. Vazifalar - axborotlarni, ma’lumotlarni o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘ladi.
2) O‘zlashtirishga axborot, ma’lumotlarni xotirada saqlash va qayta jonlantirish va qayta ishlashga qaratilgan topshiriqlar. Bunda avval egallangan bilimlarni to‘g‘ri jalb qilish, faollashtirish asosida bajariladigan hamda aniq sharoitda tatbiq etish talab qilinadigan vazifalar beriladi.
3) Avval o‘zlashtirilgan, qolipga tushgan, tajriba to‘planishi natijasidagi bilim, malaka, ko‘nikmalarga yangicha nuqtai nazardan yondashishni talab qiluvchi topshiriqlar. Ularda masalaning mohiyatini izlash, yangicha yechimlar topish,yangicha g‘oya, fikrlar bilan ifodalashni talab etiladigan vazifalar beriladi.
4) Ijodiy faoliyatga undovchi topshiriqlar.
Bunda, yangi yoki oldindan ma’lum bo‘lsada, ungacha boshqacha nuqtai nazardan qaralgan g‘oya, fikrlarni tadqiq qilish, ya’ni axborotlar to‘plash, ular ustida ishlash, o‘z fikrini bildirishga undaydigan topshiriqlar, vazifalar beriladi.
Bugungi kunda malakali mutahassis tayyorlash jarayonini mustaqil ishlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki, aynan mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy, ijodiy fikrlash reflekslari rivojlantiriladi. Ammo musatqil ishlarni tashkil etish jarayonida ma’lum qiyinchiliklar va muammolar ham mavjud:
1. Tarqatma materiallarni tayyorlash masalasi. Pedagog tomonidan tayyorlangan tarqatma materiallar har bir talaba uchun ko‘paytirilishi lozim. Gruhda o‘quvchilar soni o‘rtacha 20 ta bo‘lishi mumkin. Har bir tarqatma materialni 20 tadan ko‘paytirish uchun ma’lum mablag‘ talab etiladi. Pedagog har gal o‘z hisobidan mablag‘ ajartish imkoniga ega emas.
2. Dars jarayonida tashkil etiluvchi mustaqil ishlarni ba’zan kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish usulidan foydalangan holda o‘tkazish talab etiladi. Buning uchun kichik guruhlarda ishlashga qulay auditoriyalar talab etiladi, ammo bunday imkoniyatlar oliygohlarda hozircha yo‘q.
3. Ko‘pchilik pedagoglar mustaqil ishlarni tashkil etish mahoratiga ega emas.
4. Mustaqil ishlarni bajarish uchun o‘quvchilar talab etiluvchi bilimlar bilan yaxshi qurollangan, mavzuni chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishilari lozim. Agar ma’ruza darsida talaba yetarli tushunchaga ega bo‘lmagan bo‘lsa, u topshiriqni ijobiy xal etish imkoniga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun mustaqish ishlarni tashkil etishda avvalam bor bilimlarni faollashtirish, eslash, korrektirovka qilish va yagona xulosaga kelish maqsadga muvofiq.
Mustaqil faoliyatni tashkil etish jarayonida o‘qituvchi ko‘proq didaktik materiallardan foydalanadi. Didaktik materiallarga O‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash hamda fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan muammoli, qiziqarli savollar, ijodiy topshiriqlar, loyihalar o‘yinlar, krassovordlar kabi materiallar kiradi (1- rasm).
1-rasm. Didaktik materiallar.
Shuningdek o‘qitish jarayonida o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan tarqatma materiallar, kartochkalar, savolnomalar, yo‘riqnomalar, amaliy ishni tashkil etish buyicha texnologik xaritalar kiradi.
Didaktik topshiriqlar va materiallarni ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1.Muammolarni hal qilishga yunaltirish;
2.Tadqiqotlar olib borishga yunaltirish;
3.Turli vaziyatlar va holatlar tahliliga qaratish;
4.Tajribalar va mashqlar o‘tkazishga mo‘ljallash;
5.Yangiliklarni izlash va topishga yo‘naltirish.
Mustaqil ishlarni tashkil etishda “oddiydan-murakkabga” hamda “umumiydan-xususiyga”, “mavhumdan-aniqlikka” qarab harakatlanishni ta’minlash lozim.
Auditoriyada mustaqil faoliyatni tashkil etishga oid yuqoridagi talabalar tizimi bilan tanishib chiqqach, o‘qituvchi auditoriyada olib borish mumkin bo‘lgan didaktik o‘yinlar bilan tinglovchilarni tanishtiradi (Organayzerlar, interfaol metodlar, mustaqil topshiriqlar).
Tinglovchilarni bir necha guruhga bo‘ladi va har bir guruhga alohida vazifa topshiradi. Har bir guruh o‘ziga topshirilgan vazifa bo‘yicha taqdimot tayyorlaydi.