Tavsiyalar:
Talabalarning mustaqil faoliyatini tashkil etishga bag‘ishlangan topshiriqni bajarish vaqtida har bir guruh quyidagilarni bajarishi lozim:
- o‘z sohasi bo‘yicha mavzu tanlashi kerak;
- mavzuga mos bo‘lgan mustaqil faoliyatni tashkil etishning ikki optimal metodini tanlashi;
- tanlangan metod asosida qanday ko‘nikma va malakani shakllantirmoqchi ekaniga izox berish;
-vazifani bajarishga qancha vaqt ajratilganligini belgilash;
-topshiriqni baholash mezonlarini ishlab chiqish;
- tanlangan metod asosida talaba o‘rnida o‘zi faoliyat ko‘rsatib vazifani bajarish;
- topshiriq natijalari bo‘yicha taqdimot tayyorlash.
Har bir guruh taqdimoti boshqa guruhlar tomonidan tahlil qilinadi va yutuq hamda kamchiliklar aniqlanib baholanadi.
5.2.Auditoriyadan tashqarida talabalar mustaqil faoliyatini tashkil etish
Keyingi yillarda ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki endilikda ta’lim oluvchilarda mustaqil fikr va ijodiy fikrni rivojlantirish masalasi ta’limning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.
Mustaqil ishlarning ajralmas qismi bu mustaqil tahsildir. O‘quvchilarning mustaqil tahsili ularni o‘z bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish, mavjud malaka va ko‘nikmalarnitakomillashtirish hamda ularning yangilarini o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishidir.
Mustaqil tahsilning asosiy maqsadi o‘quvchilarni shaxsiy va kasbiy sifatlarini shakllantirishda o‘z ustida ishlash ustunligidir. Mustaqil tahsilning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlashdir. Bu metod axborotlar oqimida eng zarur axborotni topish, unga baho berish, ushbu axborotdan o‘zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi.
Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fanning hususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
• ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
• Prezident asarlari va iqtisodiy masalalarni tadqiq qilishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni konspekt qilish;
• seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
• berilgan mavzular bo‘yicha referat, axborot tayyorlash;
• o‘rganilayotgan fanning eng dolzarb muammolarini qamrab oluvchi referatlar yozish;
• muammoli vaziyatlarni yechimini topish;
• keys stadi asosida mustaqil faoliyatni tashkil etish;
• kasbga oid bo‘lgan loyihalarani tayyorlash;
O‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar auditoriyadan tashqarida amalga oshirilgan mustaqil ishlar qatoriga kiradi.
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslari) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajartirib ko‘rish va h.k.
Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishi belgilangan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsultatsiya soatlarida amalga oshiriladi. Kurs ishi va loyihasini, hamda bitiruv ishlarini tashkil qilish bo‘yicha olib boriladigan faoliyat ham auditoriyadan tashqarida olib boriladigan mustaqil ishlar qatoriga kiradi.
Mustaqil ishlar joriy o‘quv jarayoni bilan birgalikda va uzviy bog‘liqlikda olib boriladi. Mustaqil ravishda bilish doirasini kengaytirish hamda qo‘shimcha nazariy va amaliy materialni egallash talaba egallayotgan kasbiy malaka va ishlab chiqarishda mustaqil ishlay bilish ko‘nikmasini orttirish bilan chambarchas bog‘langan.
Adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi, uni o‘qib chiqib tushunish, eslab qolish nuktai nazardan emas, balki ma’lum bir o‘quv masalalarni (masalan, masala yechishni, kurs loyihasi va bitiruv ishi loyihalarini) hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni topish va ularni tizimlashtirish, tahlil etish nuqtai nazardan qarash kerak. Referat, kurs ishi va bitiruv ishlarining vazifasi maxsus fanlaridan olingan nazariy bilimlarni mustaqil bilim orttirish yo‘li bilan amaliy mustahkamlashdan iboratdir. Talabalar kurs ishi yoki bitiruv ishi bajarishar ekan, ular albatta, chizish, hisoblash, tahlil ishlari bilan birga (bir vaqtning o‘zida) bajariladigan ishlar bo‘lib, izlanishlar va prognozlashning ilg‘or usullari asosida mustaqil ravishda olib boriladi. Talabalarda kurs ishini bajarish malakasini shakllantirish, hamda talabalarning iqtisodiy muammoni yechishdagi ijodiy izlanishlari quyidagi usullarda olib borilishi mumkin: - muammoni atroflicha o‘rganish, uning nazariy jihatdan chuqur tahlil etish va amaliy holatdagi chetga chiqishlarni aniqlash, hatoliklarni axtarish va ularni yo‘qotish yo‘llarini axtarish. Mazkur faoliyatning yutug‘i shundaki, u talabalarni ijodiy izlanishlarga, mulohazalar yuritishiga, yangi yechimlarni ishlab chiqishga undaydi.
Bugungi kunda fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayoni ketayapdi. Shu sababali bitiruv malakaviy ish mavzulari buyurtmachilar bilan maslahatlashgan holda tanlanmoqda. Bitiruv malakaviy ishlarning natijalari buyurtmachilar tomonidan baholanadi va real vaziyatlarda ulardan foydalaniladi. Shunday qilib o‘quvchilarning mustaqil faoliyati va ishlab chiqarisho‘ o‘rtasida uzviy aloqalar o‘rnatilmoqda.
Auditoriyadan tashqarida bajariladigan mustaqil ishlar loyiha va keys-stadi usulidan foydalangan holda o‘tkazilishi bugungi kunda xorij tajribasida keng qo‘llaniladi.
Auditoriyadan tashqarida talabalarning mustaqil faoliyatni tashkil etishga oid yuqoridagi faolyait turi bilan tanishib chiqilgach tinglovchilarga quyidagi vazifani taqdim etish mumkin.
Tinglovchilar faoliyati individual holda tashkil etilib, o‘zalri dars beradigan kurs bo‘yicha auditoriyadan tashqarida mustaqil faoliyatni tashkil etish jadvalini to‘ldirish taklif etiladi (1- jadval). Ushbu faoliyat natijalarini tahlil etish uchun ekspertlar guruhi tayinlanadi.
№
|
Fan bo‘yicha mavzularning nomlari
|
Mavzuga ajaratilgan soatlar miqdori
|
Mavzuga mos bo‘lgan auditoriyadan tashqarida bajariladigan faoliyat turi
|
Mustaqil faoliyatga ajaratil-gan vaqt
|
Tanlangan mustaqil faoliyatdan kutilayotgan natijaga izox
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |