14
majburiy qo‘llanuvchi talablardir.
Korxona kadrlar siyosatining obyekti uning xodimlari bo‘lib, kadrlar
siyosatining subyekti esa – boshqaruv jarayonining barcha bo‘g‘inlaridagi
rahbarlardan va mavjud kadrlar xizmatidan tashkil topgan boshqaruv tizimi.
1.2. Kadrlar siyosati turlari
Korxona rahbariyatining kadrlar holatiga ta’siri
va nazorat darajasiga,
xodimlarning miqdori va malakaviy shaklini prognozlashtirishga qaratilgan
tartiblariga ko‘ra korxona kadrlar siyosatining quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi:
–
passiv;
–
reaktiv;
–
ogohlantiruvchi;
–
faol.
Passiv
kadrlar siyosatida korxona rahbariyati xodimlar bilan ishlash bo‘yicha
aniq dasturga ega emas va allaqachon yuzaga keluvchi kadrlar muammolariga
(xodimlarning etishmovchiligi, nizolar, uzoq davr bo‘sh lavozimlar mavjudligi)
vaziyatni
chuqur tahlil qilmay, ularni bartaraf etishga mavjud kuch va vaqtlarini
sarflab, majburiy va noiloj ravishda olib boriladi.
Bunda kadrlarga taalluqli qarorlar korxonada uzoq muddatli davrlarda o‘z
vaqtida hisobga olmay qabul qilinadi. Xodimlarni saralash va tanlab olib, ishga
rasmiylashtirish personalda kelajakka ehtiyojini rejalashtirmagan
holda muntazam
tezkor tartibda amalga oshiriladi. Nomzodlarni va xodimlarni baholash yuzaki va
birmuncha rasman amalga oshiriladi.
Personalni o‘qitish, malakasini oshirish va lavozimlarni o‘zgartirib turish
(rotatsiya talablari) tizimsiz, tartibsiz va yashirin tarzda amalga oshiriladi.
Ushbu
turdagi kadrlar siyosatiga ega korxonalarda xodimlarning vakolati va mas’uliyati aniq
taqsimlanmagan bo‘ladi.
15
Reaktiv
kadrlar siyosatida korxona rahbariyati yuzaga kelgan muammolarni
personal bilan aniqlaydi, kadrlarning muammolari, ziddiyatli vaziyatlarni tahlil qiladi,
ularni bartaraf etish profilaktik choralarini ko‘radi.
Ogohlantiruvchi
kadrlar siyosatida korxona rahbariyati kadrlar holati haqida
asoslangan prognozlarga ega bo‘lib, kadrlar salohiyati belgilangan vazifalar
darajasiga ko‘ra baholanadi.
Qisqa va o‘rta muddatli kadrlarga talablar prognozlari mavjud.
Personalni
rivojlantirish va o‘qitish bo‘yicha vazifalar shakllangan.
Korxona rahbariyati kadrlar holatini prognoz qiladi va uning doimiy
monitoringini olib boradi, zarur hollarda maqsadli kadrlar dasturlarini ishlab chiqadi.
Kadrlar siyosatining bunday turida korxonalarda kadrlarga talablarni
rejalashtirish qisqa va o‘rta muddatli davrlarda amalga oshiriladi, personalni o‘qitish
bo‘yicha vazifalar ham o‘sha muddatlarda qo‘yiladi.
Faol
kadrlar siyosatida tashkilot rahbariyati nafaqat kadrlar prognozi,
balki
kadrlar holatiga ta’sir etuvchi vositalarga ham ega bo‘lib, zarur hollarda maqsadli
kadrlar dasturini ishlab chiqishi mumkin. Ushbu turdagi kadrlar siyosatida
korxonada ishlab chiqarish muhiti, personalni rag‘batlantirish monitoringi o‘tkaziladi.
Faol kadrlar siyosati
Dostları ilə paylaş: