В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

To‘rtinchidan,
kadrlar siyosatini amalga oshirishda yuqori professional 
malakaga ega kadrlar xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. U maslahatchi, uslubchi, 
rahbar yordamchisi, kadrlar siyosati monitoringini amalga oshiruvchi koordinator 
vazifasida namoyon bo‘ladi, uning faoliyat samarasi, zarurat tug‘ilganda esa
bevosita yangilash tashabbuskori sifatida ham yuzaga chiqadi. Korxonaning kadrlar 
xizmati aniq kadrlar bilan bog‘liq strategiyalar loyihalari, ssenariyalar, vaziyatlar va 
kadrlar siyosati talablari bajarilishiga yordam beruvchi personal texnologiyalar 
mexanizmini ishlab chiqaradi.
2
Amalda korxona kadrlar siyosatining turli ta’riflari mavjud (personalni 
boshqarish siyosati, inson resurslarini boshqarish siyosati, inson kapitalini boshqarish 
siyosati).
Ulardan ba’zilariga o‘z ta’rifimizni berishimiz zarur: 

Korxonaning kadrlar siyosati – korxonaning xodimlar faoliyati bilan bilan 
bog‘liq umumiy qoida, tamoyil, munosabat va ustuvorliklar tizimi orqali ushbu 
korxonada amalga oshirish uchun asosiy va majburiy deb e’tirof etilgan va hokazo 
boshqaruv tizimida qo‘llanuvchi qadriyat mo‘ljallari, usullari, shakllari, ko‘p yillik 
an’analar majmuasi, baholash usullaridan iborat. 

Korxona kadrlar siyosati – rahbariyat tomonidan belgilanuvchi va 
jamoaning mavjud tashqi muhit sharoitda uzoq muddatli rivojlanish maqsadlariga eng 
samarali tarzda erishish imkonini beruvchi, xodimlarni boshqarish jarayonida
qo‘llanuvchi mavjud subyektlar, ularning xatti-harakat qoidalari, prinsiplar tizimi. 

Korxona kadrlar siyosati – xodimlar vazifalarining umumiy yo‘nalishi, 
korxonaning strategik rivojlanishini hisobga olgan holda doimiy o‘zgarib borayotgan 
bozor talablariga o‘z vaqtida moslashish qobiliyatiga ega mas’uliyatli, yuqori 
malakali uyushgan jamoani tuzish maqsadida kadrlar salohiyatini rivojlantirish, 
2
Қ.Х.Абдураҳмонов ва бошқалар. Персонални бошқариш (олий ўқув юрти талабалари учун дарслик) 
Тошкент “Ўқитувчи” - 2006.- 345.б 


13 
iqtisodiy inqiroz xavfi sharoitida jamoaning bir maromda ishlash talablarini 
saqlashga yo‘naltirilgan maqsad, ishlab chiqish jarayonining tashkiliy mexanizmi, 
usullari, shakl va tamoyillari yig‘indisidir. 

Korxona kadrlar siyosati keng ma’noda mehnatni tashkil qilish prinsiplari, 
normalari, qoidalar tizimi, uning asosida xodimlarni boshqarish bo‘yicha faoliyatning 
(saralash, tanlab olish, ishga yollash, o‘qitish, lavozimini ko‘tarilish) asosiy 
yo‘nalishlari oldindan rejalashtiriladi va jamoaning umumiy maqsad va vazifalarini 
belgilash hamda barcha ishlab chiqarish bo‘g‘inlari bilan muvofiqlashtirish, tor 
ma’noda esa – inson va korxona o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va 
huquqiy munosabatlardagi o‘ziga xos qoidalar, majburiyatlar va cheklovlar 
majmuidir. 

Korxona kadrlar siyosati – jamoa oldida turgan strategik maqsadlarga 
erishish va uning missiyasini ro‘yobga chiqarish uchun zarur, yetarli miqdorda va 
malakada bo‘lgan xodimlar bilan ishlash sohasidagi muayyan ichki qoida va 
tamoyillari to‘plami.
Yuqorida keltirilgan ta’riflar “kadrlar siyosati” tushunchasining mohiyatini 
yetarli darajada o‘zida aks ettiradi. Ammo, fikrimizcha, bu borada yagona ta’rif 
bo‘lishi mumkin emas, chunki har bir korxona va har bir jamoa o‘z oldiga qo‘ygan 
muayyan maqsadlarga asoslanib, o‘z-o‘zidan xodimlarni boshqarish muammolarini 
tashxislash va hal qilishga qodir. Kadrlar siyosatini anglashning xilma-xilligi 
tashkilotlarning sohaviy, hududiy, tabiiy – iqlim, yoshi va jinsiy, texnologik 
rivojlanish bosqichlarining xilma-xilligi natijasidir. 
Mualliflarning fikriga ko‘ra, 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin