Ish boshlashdan oldin korxonadagi xodimlar siyosatini takomillashtirish
178
bo‘yicha takliflar bilan yana nimani ko‘rib chiqish kerak?
Menga qanday takliflarimni o‘qib berishi kerakligi, u maxsus kadrlarga qancha
rahbarlik qilishi aniq bo‘lishi kerak. Takliflarni taqdim etish shaklini ko‘rib chiqish
muhimdir. Boshqacha aytganda, nimani aytish kerak va nima haqida sukut saqlash
kerak aniq bilish zarur.
Takliflar ustida ishlayotganda qanday usullardan foydalanishim kerak?
Takliflarni tayyorlash uchun xodimlarga tegishli hujjatlar, ularning
murojaatlari, korxonadagi statistik holati va hokazo axborotlar, Shu jumladan, og‘zaki
intervyular, turli menejer va mutaxassislar bilan maslahatlaShuvlardan olingan fikrlar
va hokazo bo‘linmalar hisobotlaridan olingan ma’lumotlar bilan taqqoslash
usullaridan foydalanish kerak.
Xodimlar bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatuvchi va takliflarni asoslovchi
dalillarni tanlashda nimani e’tiborga olish kerak?
Korxonada mehnat faoliyati bilan bog‘liq barcha faktlar, raqamlar, dalillarni
diqqat bilan tanlab olish kerak. Ularning xulosalari ishonchli, o‘ziga xos va tasodifiy
bo‘lishi mumkin.
Oldin siz korxonaning kadrlar siyosatini o‘zgartirish uchun tayyorlangan
memorandum misolini berasiz. Memorandumning matni ikki qismdan iborat bo‘lishi
kerak. Birinchisi kadrlar sohasidagi mavjud vaziyatni, eslatmani tayyorlash uchun
sabab bo‘lgan muammo va faktlar, ikkinchisi esa xulosalar va aniq takliflarni bayon
etadi.
6.3. Korxonada kadrlar siyosati samaradorligini baholash
Korxonada kadrlar bilan ta’minlashni shakllantirish sohasida real vaziyatni
tahlil etish, demografik hozirgi ahvolini hisobga olish, kadrlarni o‘qitish
imkoniyatlarini baholash, ish bilan bandlik muammolarini hal etish, umuman
personalni boshqarish tizimining ahvolini o‘rganish va baholash davlat kadrlar
siyosati konsepsiyasining asoslari hisoblan
179
\
Dostları ilə paylaş: |