Oqilona
usulda
korxona
rahbariyati
mavjud
ahvol
qay
ravishda
rivojlanishining ham sifatli diagnozi, ham asoslangan prognoziga, Shu bilan bir
qatorda bu holatga ta’sir ko‘rsatish vositalariga ega bo‘ladi. Kadrlar xizmati nafaqat
personalni diagnostika qilish, balki kadrlar holatini o‘rta muddatga va uzoq muddatga
prognoz qilish vositalariga ega bo‘ladi. Korxonani rivojlantirish dasturlarida kadrlarga
182
ehtiyojning (ham sifat, ham miqdor jihatidan) qisqa muddatga, o‘rta muddatga va
uzoq muddatga prognozlari bo‘ladi.
Tavakkalchilik usulida
rahbariyat sifatli diagnoz va asoslangan prognozga ega
bo‘lmasa-da, yuzaga kelgan ahvolga ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Korxonaning
kadrlar xizmati odatda kadrlar holatini prognoz qilish va personal diagnostikasi uchun
vositalarga ega bo‘lmaydi. Lekin korxonani rivojlantirish dasturlariga kadrlar bilan
ishlash rejalari kiritiladi. Biroq ushbu rejalarda ahvolning o‘zgarishi mumkinligi
hisobga olinmaydi. Bunday holatlarda personal bilan ishlash rejalari umuman to‘g‘ri
tasavvurlarga asoslangan bo‘lishi mumkin bo‘lsada, ko‘proq ehtiroslarga berilish
natijasida yuzaga keladi.
Kadrlar munosabatlaridagi muhim masalalardan biri kadrlar texnologiyalaridir.
Bevosita kadrlar texnologiyalari – personal maqomi va xususiyatlariga nisbatan uslub,
shakl va faoliyat izchilligi bilan korxonada personalni rivojlantirish, kadrlar
strategiyalari va dasturlarining aniq vazifalari hal etiladi.
Kadrlar munosabatlari amaldagi qonunchilik va huquqiy me’yorlarga muvofiq
boshqariladi. Bunda quyidagi xususiyatlarni e’tiborga olish lozim:
-kadrlar munosabatlarini me’yoriy-huquqiy boshqarish. Bu personalni kasbiy
o‘qitish, tanlash, joy-joyiga qo‘yish, baholash uchun huquqiy me’yorlar tizimini
ishlab chiqishni talab etadi. Ushbu hujjatlarda kadrlar ishining o‘ziga xos
xususiyatlari, qulay ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish hisobga olinishi kerak;
-iqtisodiy kon’yukturani hisobga olgan holda kadrlar bilan ishlashning uzoq
muddatli konsepsiyasini ishlab chiqish;
-zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish asosida kadrlar tarkibi ahvoli
monitoringi tizimini shaklantirish.
Kadrlar munosabatlari va mehnat munosabatlarini muntazam tahlil yetib borish,
vujudga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish amaliy chora-tadbirlarini
ko‘rish boshqaruv samarali tizimini yaratishning muhim omilidir. Bu personalni
rivojlantirish dasturlarida ham albatta hisobga olinishi kerak.
|