181
personalni diagnostika qilish vositalariga, balki kadrlar holatini o‘rta muddatga
prognoz qilish imkoniyatiga egalar. Korxonani rivojlantirish dasturlarida personalga
ham sifat, ham miqdor jihatidan ehtiyojning qisqa muddatli va o‘rtacha muddatli
prognozlari o‘rin oladi, personalni rivojlantirish vazifalari belgilanadi. Biroq maqsadli
kadrlar dasturlarini ishlab chiqish bunday korxonalarning asosiy muammosi
hisoblanadi.
Faol usul
– korxona rahbariyatida personalni rivojlantirishning asoslangan
prognozlari hamda bunga muvofiq keladigan ta’sir ko‘rsatish usul va vositalari
mavjud ekanligini anglatadi. Mazkur korxonalarning kadrlar xizmatlari kadrlar
etishmasligini bartaraf etish dasturlarini ishlab chiqish, ahvolning doimiy
monitoringini olib borish, tashqi va ichki muhit o‘zgarishlariga mutanosib ravishda
o‘rta muddatga va uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturlar ijrosiga tegishli
o‘zgartishlar kiritishga qodirdirlar.
Faol usul quyidagi strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan:
- faoliyat sohasi va mijozlar talablarini hisobga olgan holda bozorga yaqin
bo‘lish;
- tegishli vositalardan foydalangan holda zarur xizmat ko‘rsatish;
- mahsulotning yuksak sifati;
- fan-texnika taraqqiyoti va ilg‘or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish;
- iqtisodiy mas’uliyat hissi va iqtisodiy tenglikka rioya etish;
- malakali kadrlar salohiyati;
- moslashgan va egiluvchan tashkiliy tuzilmalar.
Faol usulning ikki – oqilona va tavakkalchilik usuli mavjud.
Dostları ilə paylaş: