Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


IV BOB.  WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153
10-sinf informatika ..

IV BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
3D modellashtirish
– maxsus 3D grafik muharriri 
yordamida har qanday obyektning uch o‘lchovli 
raqamli tasvirini yaratish san’ati. 3D grafik 
muharririda yaratilgan obyekt 
3D virtual modeli 
deb 
nomlanadi. Haqiqiy 3D dizayner turli xil 3D grafik 
muharrirlari bilan mohirona ishlashga, yaratgan 
dizaynlari esa imkon qadar asl nusxaga yaqin 
bo‘lishiga harakat qiladi. 3D dizayner bo‘lishni istagan shaxs maktab yoshidanoq veb-sayt 
hamda o‘yinlar loyihalashtirishni o‘rgana oladi. Keyinchalik u o‘z mahorati yordamida katta 
daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Jadal taraqqiy etayotgan texnologiyalardan biri bo‘lmish 3D modellashtirish dasturlarini 
o‘zlashtirish orqali 3D texnologiyalari olamida katta yutuqlarga erishish mumkin. 3D 
modellashtirish dasturlari soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ayrim dasturlardan to‘lov 
orqali, ayrimlaridan esa tekin foydalanish mumkin. Demak, eng ko‘p ishlatiluvchi dasturlar 
bilan tanishamiz. 
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR 
1. 3D modellashtirish nima?
2. 3D grafikaga yaqin bo‘lgan kompyuter grafikasi nomini ayting.
3. 3D printer qaysi sohalarda qo‘llaniladi?
4. Rendiring nima?
5. 3D modellashtirishning afzalliklarini aytib bering.
UYGA VAZIFA
1. 3D modellashtirish qo‘llaniladigan sohalar ro‘yxatini tuzing. 
2. Sohalarda erishilayotgan yutuqlarni daftaringizga yozing.
24-dars. 3D GRAFIK MUHARRIRLAR VA 
ULARNING IMKONIYATLARI
TAYANCH TUSHUNCHALAR
3D dizayner
– 3D raqamli 
modellarni yaratuvchi, ularni qayta 
ishlovchi dizayner-dasturchi.
3Ds Max 
Autodesk tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo‘lib, unda 
3D modellashtirish va vizuallashtirish bilan bog‘liq deyarli barcha 
funksiyalar mavjud. Dastur keng funksionalligi, dasturda mavjud 
plaginlar bilan mosligi va ko‘plab tayyor modellarning mavjudligi tufayli 
butun dunyoda mashhur. Dasturdan ko‘proq dizaynerlar, videoo‘yin 
yaratuvchilari, me’morlar va animatorlar foydalanadi. Bu dastur pullik hisoblanadi.


818181
81

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin