Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153
10-sinf informatika ..

Cinema 4D
dasturi Maxon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 
bo‘lib, 3Ds Max dasturining kuchli raqibi hisoblanadi. U professional 
3D modellashtirish
animatsiya, simulyatsiya 
va namoyish etish 
uchun dasturiy ta’minot yechimi hisoblanadi. 
Tezkor, kuchli, moslashuvchan va barqaror 
uskunalar to‘plami 3D modellarni loyihalash
moushn grafikalar, vizual effektlar, VR/MR/
AR va videoo‘yinlar ishlab chiqish uchun 
qulay va samaralidir. Shuningdek, u 3D 
grafik muharrirlar ichida o‘rganish eng oson 
bo‘lgan dastur hisoblanadi. Dasturdan to‘lov 
orqali foydalaniladi.
Blender
tez va barqaror rivojlanishi, mutlaqo bepul bo‘lganligi sababli 
3D muharrirlar orasida juda mashhur dastur hisoblanadi. Dastur 
interfeysi ingliz tilida berilgan. Dastur yordamida 3D modellashtirish, 
VFX, animatsiya, simulyatsiya, renderlash, kompozitsiya, harakatni 
kuzatish, videomontaj va 2D animatsiya yaratish mumkin. 3D Max va Cinema 4D dasturlari 
kabi 3D modellashtirish uchun qulay hisoblanadi. Dasturdan bepul foydalanish mumkin.
Tinkercad
3D modellashtirishni boshlashni istovchilar uchun yaratilgan 
bo‘lib, u onlayn platformada 3D modellar yaratish imkonini beradi. 
Tinkercad onlayn xizmat sifatida loyihalarda turli qurilmalardan foydalanish, 
bir vaqtning o‘zida bir necha odamga loyiha ustida ishlash imkonini beradi. 
Platformada boshqa foydalanuvchilarning tayyor modellarini tahrirlash, 
shuningdek *.stl, *.obj va *.svg formatidagi boshqa dasturlardan modellarni 
import qilish va tahrirlash mumkin. Modellarni platformadan to‘g‘ridan to‘g‘ri 3D printerda 
chop etish uchun eksport qilish yoki boshqa foydalanuvchilar modellarini yuklab olish va 
chop etish mumkin. Dasturdan bepul foydalanish mumkin.
Tinkercaddan foydalanish uchun www.tinkercad.com rasmiy manziliga kiriladi.


82828282

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin