Variant №1 Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati



Yüklə 107,67 Kb.
səhifə25/40
tarix22.06.2023
ölçüsü107,67 Kb.
#134145
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
4-5-6

Varinat № 13
1.Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o ‘tishi — kadrlarni boshqarish sohasida tub o lzgarishlar amalga oshirilishini talab etadi. M a’lumki, korxona va tashkilotlarning samarali ishlashini ularda mavjud bo‘lgan xodim lar ta ’minlaydi. Shu jihatdan hozirgi vaqtda malakali va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. , «Bugungi kunning eng m uhim vazifasi — hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvida, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda m as’uliyatni o ‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan ham qadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir»1. Sobiq sho‘rolar davridagi m a’m uriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida korxona va tashkilotlarda kadrlarni boshqarish, asosan', xodim lar b o ‘limi zimmasiga yuklatilib, u boshqa tarkibiy boMinmalardan ajralgan holda ish olib borar edi. Shu sababli xodimlarni boshqarish va ularga ish sharoiti yaratib berish o ‘z holiga tashlab q o ‘yilgandi. 0 ‘zbekiston R espublikasining ijtim oiy m uho^tealashga yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tishi sharoitida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga muvofiq xodimlarni boshqarish borasida bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Bu talablarni muvaffaqiyatli amalga oshirish korxona va tashkilotlar faoliyati to ‘g‘ri yo‘lga q o ‘yilishini ta ’minlaydi. Hozirgi vaqtda korxona va tashkilot xodimlarini boshqarish konsepsiyasi asosini — xodimning shaxsiy roli ortib borayotganligi, uning asosiy yo‘l-yo‘riqlarni bilishi, ularni shakllantira olishi, korxona va tashkilot oldida turgan vazifalarga muvofiq ravishda ish tutishni tashkil etadi. Xodim larni boshqarishga doir yangi xizmatlar, odatda, a n ’anaviy xizmatlar: kadrlar bo'limi, m ehnatni tashkil etish va ish haqi bo'limi, m ehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo'limi va hokazolar asosida tuziladi. Yangi xizmatlarning vazifasi — korxona va tashkilotdagi kadrlar siyosatini amalga oshirishdan, m eh n at sa lo h iy a tin i b o sh q arish borasidagi fao liy atin i muvofiqlashtirishdan iboratdir. Shu munosabat bilan bu xizmatlar o'z vazifasi doirasini kengaytira boshlaydi va bironta kadrlar masalasidan m eh n at faoliyatini rag‘batlantirish tizim larini ishlab chiqishga, kasbiy jihatdan ilgari siljishni boshqarishga, ixtiloflarga barham berishga, mehnat bozori va shu kabilarni o'rganishga o'tadi. Albatta, xodim larni boshqarish xizm atining tuzilishi ko‘p jihatdan korxona va tashkilotlarning xususiyatlari va hajmi, ishlab chiqarilayotgan m ahsulotning o ‘ziga xos tom onlari bilan belgilanadi. Mayda va o'rta korxonalarda xodimlarni boshqarish sohasidagi ko'pgina vazifalarni ko'proq rahbarlarning o'zi bajarishadi, yirik korxona va tashkilotlarda esa bu vazifalarni amalga oshirishi lozim boigan mustaqil tarkibiy boMinmalar mavjud. Bir qator korxona va tashkilotlarda xodimlarni boshqarish tuzilmalari tarkib topgan. Ular direktorning xodimlarni boshqarish bo'yicha o'rinbosari rahbarligida kadrlar bilan ishlashga aloqador b o ‘lgan barcha b o ‘linm alarni birlashtiradi. Korxona va tashkilotlarning katta-kichikligiga qarab, boiinm alar tarkibi o'zgarib turadi: kichik korxona va tashkilotlarda bir bo'linm a bir necha kichik tizim vazifalarini bajaradi, yirik korxona va tashkilotlarda esa har bir kichik tizim vazifalarini, odatda, ay rim bo'lin m a bajaradi.
2.Globallashuvning hozirgi bosqichida iqtisodiyot sohasida konkret davlat nazoratidan xoli faoliyat ko‘rsatadigan transmilliy korporatsiyalarning paydo bo‘lganligini alohida qayd etmoq lozim. Bularning iqtisodiyotning muayyan sektorini nazorat qilishi konkret hudud, millat yoki madaniyat doiralari bilan cheklanmagan. Jahon miqyosida faoliyat ko‘rsatadigan xalqaro valuta jamg‘armasi, xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki va boshqalar ishlab chiqarishni moliyalashtirishga emas, balki pul oqimlarini yo‘naltirishga doir siyosatni belgilaydi. ular moliyaviy davlat sifatida bir qancha mayda va o‘rtacha mamlakatlar budjetlaridan ortiq imkoniyatlarga egadir. shuning uchun Jahonga chiqmoqchi bo‘lgan istagan mamlakat bularning sharti bilan hisoblashishga majbur.Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari va omillari.Globallashuv tahlilining keyingi logistik bosqichi globallashayotgan jarayonlarga ta'sir ko’rsatuvchi, bevosita ularni shakllantiruvchi omillar va globallashuvning xarakatlantiruvchi kuchlarini ko’rib chiqishdan iborat bo’lishi lozim. Oxirigisiga jahon iqtisodiyoti doirasida kuch to’playotgan kapitalning jamlanishi va markazlashishini, xo’jalik hayotining transmilliylashtirilishi – yirik transmilliy kompaniyalar va moliyaviy guruhlarning o’sishi va rivojlanishini kiritish mumkin. Zamonaviy globallashuv jarayonlariga nafaqat milliy bozorlarda, shuningdek, jahon miqyosidagi bozorlarda ham globallashuvni rag’batlantiradigan bozor raqobati kabi baquvvat kuch katta ta'sir ko’rsatadi. Raqobatning asosiy vositasi – xarajatlarni kamaytirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish globallashtirishning motori hisoblanadi.Globallashtirishning bir harakatlantiruvchi kuchi ilmiy texnikaviy taraqqiyotning, texnologik innovatsiyalar taraqqiyotining rivojlanishi bo’lib, u transport va aloqani, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini modifikatsiya qilishda yanada yaqqol namoyon bo’ladi, tovar va xizmatlar, moliyaviy vositalar, g’oya va axborot mahsulotlarini chegarviy transport vositalariga tez va kam xarajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi. Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yuzaga kelishi, tez xarakatlanuvchi kompyuter texnikasi, signal uzatishning optik to’lqinli texnologiyasi, sputnik va uyali telefon aloqasi, kibernetika, tarmoq texnologiyalari, kompakt elektron qurilmalar rivojlanishi, Internet global tarmog’i yaratilishi bilan, boshqa texnik yutuqlarning yuzaga kelishi bilan paydo bo’ldi. Butunlay yangi imkoniyatlar axborot va kommunikatsiya texnologiyalari doirasida yangiliklarning kashf qilinishi globallashtirish jarayonlari rivojlanishini rag’batlantiruvchi inqilob bilimlariga (knowledge-based) asoslangan haqiqiy axborot innovatsiyalari haqida gapirish imkonini beradi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning amerika tadqiqotchisi Dj. Garret jahon iqtisodiyoti globallashuvining uch asosiy mexanizmini ajratib ko’rsatadi, ularga quyidagilar kiradi: 1) jahon savdosida o’sib borayotgan raqobat; 2) ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish quvvatlarini boshqa mamlakatlarga joylashtirish hisobiga shaxsiy daromadlarini oshirishga intilishlari natijasida ishlab chiqarishning ko’p millatli xarakterini o’rnatish; 3) moliyaviy bozorlarning xalqaro integratsiyasi.Jahon iqtisodiyotida transmilliylashtirish jarayonlari real va moliyaviy tarmoqlarda transmilliy korporatsiyalar yaratilishi va ularning faoliyati jarayonlarida mujassamlanadi. g’arb iqtisodchilarining ishlarida iqtisodiy faoliyatning bunga o’xshash sub'ektlari transmilliy, xalqaro, multimilliy, supermilliy, global va boshqa kompaniyalar deb nomlanishi mumkin. Shunga muvofiq ravishda transmilliy korporatsiya deganda, yirik moliyaviy, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, savdo-servis uyushmalari tushuniladi, ular o’z operatsiyalarini o’zlari tashkil etadilar va boshqa xorijiy mamlakatlarda ham birdek amalga oshiradilar. Ularni shaxsiy ishlab chiqarish, bank, investitsiya, savdo-reklama faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, kadrlarni tayyorlashni o’z ichiga oluvchi murakkab tashkiliy tuzilma bir-biridan ajratib turadi. Bozorlarni reja asosida yuritish va jahon miqyosida raqobatni amalga oshirish (ayrim xorijiy ekspertlar global raqobatning zamonaviy atamasi uchun yangi so’z – “giperraqobat” so’zini ishlatadilar);Yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida o’z bo’limlari faoliyatini kuzatish; korporatsiyalar tuzilmasining moslashuvchanligi; o’z bo’limlari, zavodlari va qo’shma korxonalarini yagona xalqaro boshqaruv tarmog’iga birlashtirish; TMK faoliyat yuritayotgan davlatga iqtisodiy va siyosiy ta'sir ko’rsatish.Har qanday mamlakat uchun ilk asosiy rivojlanish, tabiiyki, ichki bozor bo’lib qoladi (yirik mamlakatlar bunda g’ayritabiiy afzalliklarga ega), modomiki, transmilliylashtirish jarayonlarining avj olishi bilan siyosiy iqtisodiy rivojlanishning asosiy kriteriyasi jahon bozoriga zamonaviy mahsulotlar bilan chiqish va u erda o’z o’rniga ega bo’lishdan iborat bo’lib qoladi.. Sir emaski, globallashayotgan jahon iqtisodiyotining bugungi holatining xarakterli belgilaridan biri ko’p miqdorli hududiy iqtisodiy guruhlarni shakllantirish bo’lib qolmoqda. Regionalizatsiya (hudud iqtisodiy 3.integratsiya) va globallashtirishning o’zaro faoliyati haqidagi sodda tasavvurlar biri ikkinchisini inkor qiladigan pozitsiyaga mos keladi. Masalan, shunday fikrlar ham uchraydiki, bunda “xalqaro regionalizatsiya globallashtirishning dialektik inkori hisoblanadi, modomiki, hududiy ittifoqlar mamlakatlarning cheklangan miqdorinigina o’z ichiga oladi[1]Mashhur rus tadqiqotchisi prof. Yu.V. Shishkov fikriga ko’ra, globallashtirish keng xo’jalik hayotining baynalminallashtirish jarayonlarining rivojlanishi, shu bilan bir vaqtda hududiy integratsiya sifatida bir hudud doirasida ichki xo’jalik hayotini baynalminallashtirish jarayonlari rivojlanishining eng yuqori darajasi imkon qadar mumkin bo’ladi[2]. Shu ma'noda aytish mumkinki, hududiy integratsiya oldindan his qilishdir va bir vaqtda bir hudud doirasida globallashtirish ma'nosini tashkil etuvchi jarayonlar rivojlanishining chuqur va intensiv darajasidir.
3.Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal etish maqsadida mahallalar vakolatlarini kengaytirish, ularning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish.Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani ta’minlash, mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni raqamlashtirish.Mahalladan turib barcha davlat idoralariga murojaat qilish tizimini yaratish, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatishMahallalarning “o‘sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish.Mahallalar uchun yuqori malakali mutaxassislarni maqsadli tayyorlash, barcha mahalla raislari va hokim yordamchilarida boshqaruv asoslari, bandlikni ta’minlash, bank-moliya, tomorqa, er, chorvachilik va parrandachilik bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish.Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi institutining samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish.Xalq deputatlari Kengashlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish va ularning vakolatlarini kengaytirish orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish.Xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, mahalliy budjetni shakllantirish va nazorat qilish bo‘yicha ularning mas’uliyatini kuchaytirish.Mahallalarning joylardagi vakillik organlari bilan, xalq deputatlari Kengashlarining Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning vazirliklar va ularning hududiy bo‘linmalari bilan aloqalarini mustahkamlash.Mahalliy kengashlarning kotibiyatlari faoliyatini yanada kuchaytirish choralarini ko‘rish.Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish.joylardagi masalalarni hal etishda mahalliy hokimliklarning moliyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirish va har bir vazifa ijrosi, shuningdek sarflanayotgan mablag‘lar yuzasidan jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish.Mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirish, shu jumladan hokimlarni saylash tizimini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish.Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan hududiy ijro organlarining shtat birligi va tuzilmalarini belgilash amaliyotini bosqichma-bosqich kengaytirish, hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha “vakolatlar reyestri”ni shakllantirish.Mahalliy boshqaruv faoliyatiga axborot texnologiyalarni keng joriy qilish, hududlarning 40 dan ortiq, jumladan transport, infratuzilma, ijtimoiy va boshqa sohalar bo‘yicha ma’lumotlarni jamlovchi tahliliy geoportallarini ishga tushirish.Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish.Vazirlik va idoralarni tashkil etish va tugatishning aniq tartibi, ularni bir-biridan farqlovchi mezonlarni nazarda tutuvchi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqib, amaldagi davlat boshqaruvi tizimini qayta ko‘rib chiqish.Davlat boshqaruvi organlarining shtat birliklarini oshirishga cheklov o‘rnatishning tartibini hamda kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq mezonlarni belgilash.Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish, mazkur jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish.Vazirlik va idoralar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini “Davlat — xalq xizmatchisi” tamoyili asosida fuqaroga xizmat qilishga yo‘naltirish.Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish.Vazirlik va idoralar rahbarlariga tashkiliy-huquqiy masalalarni o‘zlari mustaqil hal etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, qabul qilinayotgan qarorlarning ular tomonidan samarali ijro etilishini ta’minlash.Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish.
4. Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-harajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar, ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladiTovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir. Lekin shu narsani aytish lozimki butun jamiyatda ba’zan alohida olingan bir mamlakatda foyda massasi bilan qo‘shimcha qiymat massasi miqdor jihatdan bir-biriga teng bo‘lishi mumkin. Lekin alohida olingan korxonalarda va tarmoqlarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulot olingan foyda miqdoran teng bo‘lmasligi mumkin. Chunki talab va taklif nisbatlarining va baho mexanizmining o‘zgarishi ta’sirida bir tarmoqda yoki bir guruh korxonalarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulotlar boshqa korxona va tarmoqlarga foyda shaklida o‘tib ketadi.Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan soliq to‘lovlari) banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to‘lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi.Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil qilinadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi.Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.

Yüklə 107,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin