Variant №1 Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati



Yüklə 107,67 Kb.
səhifə27/40
tarix22.06.2023
ölçüsü107,67 Kb.
#134145
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
4-5-6

15- variant
1. Mamlakatda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish, aholi bilan muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish, aholi turmush darajasi va bandligini oshirish, hududlarni jadal va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlashda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi holatini chuqur tahlil qilishda istiqbolga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish uchun uni kompleks baholashning hamda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda ularga tezkorlik bilan va lozim darajada javob qaytarishning yagona muvofiqlashtirilgan mexanizmi yo‘qligi to‘sqinlik qilmoqda. Hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun ularning kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, tabiiy xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini, shuningdek, hududlarning boshqa qiyosiy ustunliklarini baholashning yagona tizimini joriy etish maqsadida: 1. Statistik ko‘rsatkichlar va so‘rovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash tizimi (bundan buyon matnda — reyting baholash) joriy etilsin va bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin: barqaror va mutanosib iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiy islohotlar samaradorligi; yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsizlikni kamaytirish va mehnat bozori samaradorligini ta’minlash; ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va aholi turmush sifatini yaxshilash; aholi va biznes uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish infratuzilmasining barqarorligi hamda ishonchliligini ta’minlash; hududlarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, ularning iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish; ishbilarmonlik muhiti sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni doimiy qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish; hududlarning moliyaviy mustaqilligiga erishish hamda bank-moliya sohasini rivojlantirish; mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va ma’lumotlarning ochiqligini oshirish. 2. Reyting ko‘rsatkichlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilansinki: reyting baholash ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan axborot tizimi ishlab chiqilgandan so‘ng 2019-yil uchun sinov rejimida amalga oshiriladi;reyting baholash natijalari asosida reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida amalga oshiriladi; o‘tgan yil uchun reyting baholash natijalari har yili 1-fevral (tezkor baholash) va 15-iyunga (yakuniy natijalar) qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritiladi; reyting baholash natijalari har yili Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlari yig‘ilishlarida tanqidiy muhokamaga qilinishi shart. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga reyting baholash natijalarini umumlashtirish, shuningdek, reyting baholashni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tegishli organlar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish hamda muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda reyting ko‘rsatkichlari tizimi hamda ularni hisoblash usullariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (keyingi o‘rinlarda — Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti), “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (keyingi o‘rinlarda — “Ijtimoiy fikr” markazi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi), Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi: ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda hududlarni reyting baholash uchun aholi va tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish metodologiyasini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritsin; tasdiqlangan metodologiya asosida har yili tuman hamda shaharlarda aholi va tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birga 2020-yil 1-iyunga qadar mas’ul organlar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan hududlar reytingini tuzish uchun ma’lumotlarni onlayn rejimda kiritish imkonini beruvchi axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) ishlab chiqilishini, shuningdek, 2019-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan sinov rejimidagi reyting baholash natijalari asosida uning takomillashtirilishini ta’minlasin. 7. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi — axborot tizimining buyurtmachisi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar — axborot tizimini yaratish hamda uni kelgusida qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, so‘rovnomalarni tashkil etish va o‘tkazishning moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
2. Kompaniyaning asosiy boyligi va biznes vazifalarini amalga oshirishdagi asosiy resursi kompaniyaning malakali va faol xodimlari hisoblanadi. Bunday yondashuv kadrlar siyosatining asosini tashkil etadi. Kompaniya xodimlarga bizga raqobatbardosh ustunliklarni taqdim etadigan va biznesimizning izchil rivojlanishiga hissa qo‘shadigan strategik resurs sifatida qaraydi. Kadrlar siyosatining maqsadi korxonani yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, ularning samarali ishlashi uchun shart-sharoit yaratish, kadrlar salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish, bilim va malakalarni yosh xodimlarga yetkazishdan iborat. Kadrlar siyosati tamoyillari: boshqaruvning barcha darajalarida xodimlarga nisbatan kompaniya qadriyatlariga asoslangan qarorlar qabul qilishda yagona yondashuvni ta’minlash; kadrlarni inson resurslarini muntazam baholash asosida boshqarish jarayonlarini rejalashtirishning uzluksizligini ta’minlash; inson resurslarini boshqarishda shaffoflik va ochiqlik; inson resurslarini boshqarishda samaradorlik va iqtisodiy yondashuv; zamonaviy kadrlar texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish asosida inson resurslarini boshqarish usullarini takomillashtirish; ijtimoiy-siyosiy va tashqi iqtisodiy omillarning o‘zgarishiga moslashuvchanlik; an’analarni meros qilib olish - inson resurslarini boshqarishda ijobiy an’analarni saqlash. Kadrlar siyosatining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: kadrlarni tanlash va baholash;xodimlarni tayyorlash va rivojlantirish; xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash;ijtimoiy siyosat; korporativ aloqalar; yoshlar bilan ishlash. Kadrlar siyosati ijtimoiy hamkorlik va sheriklik asosida kompaniyaning texnik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal qilishda o‘z kasbiy salohiyatini maksimal darajada namoyon etishga intiladigan yuqori malakali xodimlar jamoasini boshqarishning samarali mexanizmini yaratishga qaratilgan. Kompaniyaning kadrlar siyosati mehnat bozorida jozibador va ijtimoiy mas’uliyatli ish beruvchi maqomini saqlab qolishga qaratilgan.
3. Moliya bozori bo‘sh mablag‘larni safarbar etib, ularni moliyaviy resurslarga, aholi qo‘lidagi harakatsiz pulni daromad keltiruvchi manbaga aylantiradi. Depozitlar, veksellar, valyuta, aksiya, obligatsiya, derivativ (hosilaviy qimmatli qog‘ozlar) va sug‘urta bozorlarini o‘z ichiga oladigan moliya bozori odatda iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Moliya bozorini taraqqiy toptirish, raqobat muhitini yaxshilash, moliyaviy boshqaruvning yangi turlarini qo‘llashga ko‘maklashish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga investitsiyalarni jalb qilish bilan birga qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish orqali ijtimoiy muammolarni ham hal etishga xizmat qiladi. Shu o'rinda moliya bozori va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'kidlab o'tish lozim. Chunki moliya bozorining mavjudligini asosiy tamoyili iqtisodiy o'sishnijadallashtirish hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, nisbatan kam sonli mamlakatlar o'rtasida moliya bozorining salmoqli ulushi taqsimlangan. Bular ichida eng kattalari AQSh (40%), Yaponiya (8%), Xitoy (7%), Gongkong (7%), Buyuk Britaniya (4%), Fransiya (3%), Germaniya (3%) kabi dunyoning eng qudratli mamlakatlari o'rin olgan. Demak moliya bozori mamlakat YaIM shakllanishini, iqtisodiy o'sishning ta'minlanishini harakatga keltiruvchi unsur bo'lib xizmat qiladi. Dunyo moliya bozorida mamlakatlar ulushining kattaligi davlatning iqtisodiy qudratini, boshqa mamlakatlarga ta'sirini ko'rsatib beradi. Bugungi kunda dunyo moliya bozorining umumiy qiymati 230 trillion AQSh dollaridan yuqoriligi ko'plab yillik hisobotlar va maqolalarda qayd etib o'tilgan
5. Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz. Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi. Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.

Yüklə 107,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin